• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Asosiysi, oldinga intiling!

28 Iyun 2024, 10:58 476

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yosh avlodini Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ushbu bayramda mamlakat rahbariyatining mustaqil O'zbekistonning kelajagiga bo'lgan barcha intilishlari va umidlari, ishonchi, hali ham maktab partalarida o‘tirib, oliy o‘quv yurtlarida ilm-fan asoslarini o‘rganayotgan, mehnat tarjimai holining birinchi sahifalarini yozayotgan millionlab yoshlarga ishonib topshirilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham o‘z kelajagini yoshlar qo‘liga ishonib topshiradi. Bugungi kunda kombinatda qariyb 11 ming nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar mehnat qiladi. Shundan 7969 nafarini yigitlar, 2902 nafarini esa qizlar tashkil etadi. 1432 nafari oliy ma'lumotli, 158 nafari magistratura bosqichini tamomlagan, jami 600 nafar yoshlar muhandis-texnik lavozimlarda mehnat qilmoqda.

Kombinat yosh mutaxassislarga, ularning kasbiy tayyorgarligiga, oʻzlarining ustlarida ishlashi va karyerasini oʻsishi uchun sharoit yaratishga, shu jumladan, yoshlarni rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxiraga olishga, ularning tajriba toʻplashlari uchun brigadalar, uchastkalar, smenalar, sexlarga katta e’tibor berib kelmoqda.

Eng iqtidorli va g‘ayratli yoshlar kombinat hisobidan uzoq va yaqin xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda. Yirik investitsiya loyihalari doirasida joriy etilgan zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni boshqarish bo‘yicha OKMK xodimlari o‘z bilim darajasini oshirishlari uchun biz Muhandislik maktabini tashkil etdik.

Biz yohlarning qiziquvchan, aqlli, fidoyi, ishtiyoqli, yangi texnologiyalarni bilishi, tashabbuskorligiga juda ishonamiz. Asosiysi, ularda oldinga intilish istagi bor!

Biz sizlardan ishlab chiqarish, innovatsiya va texnologiya sohasida yangi g‘oyalar va yechimlarni kutamiz. Kelgusida kombinatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha katta vazifalarni amalga oshirishingizni, o‘z sohangizning professionallari bo‘lib yetishishingizga ishonchimiz komil.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, OKMK yoshlari! Yutuqlar, zafarlar, muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi

Bo`lishmoq:
Text to speech