• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Do‘stlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik - tinchilik va farovonlik kafolatidir

30 Iyul 2024, 8:0 428

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari, ishlab chiqarish faxriylari, aziz hamshaharlar!

30-iyul kuni nishonlanadigan Xalqlar do‘stligi kuni mussafo osmon ostidagi hayotda yashash, mehnat qilish va rejalar tuzish, yangi marralarni belgilash va ularga erishish imkoniyatiga bo‘lgan ezgu niyatlarimizning tasdig‘idir.

Ushbu sana mamlakatimizda 2021-yildan nishonlanayotgan bo‘lsa-da alohida ayyom sifatida yurtdoshlarimiz qalbidan munosib joy egalladi. Yurtimizning turli burchaklarida an’analar tiklanmoqda, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik uning asosini tashkil etayotgani quvonchlidir.

130 dan ziyod millat va elatlar yashab kelayotgan, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritayotgan mamlakatimiz uchun bu juda muhimdir. Bugungi kunda davlat ta’lim muassasalarida darslar 7 tilda o‘tilmoqda, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 ta tilda efirga uzatayapti. Har bir diasporaning an’ana va udumlari, tili va madaniyati saqlab qolinishiga milliy madaniyat markazlari yaqindan ko‘mak berib borayapti.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham belgilab berilgan topshiriqlarni bajarilishida biz bilan yelkama-yelka turib, mehnat qilayotgan 33 ta millat vakillari o‘z kuch va g‘ayratlarini safarbar etib kelishmoqda.

Bosh Qomusimizda barcha fuqarolar millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Ularga o‘z madaniyatlari, an’ana va udumlarini rivojlantirishning barcha imkoniyatlari ta’minlab berilgan. Mustaqilligimizning birinchi yillaridanoq yosh demokratik davlatimizda Baynamilal milliy markazi tashkil etilib, uning tarkibiga turli xalqlarning madaniyat markazlari kirgani fikrimizning yorqin dalilidir.

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi nishonlanayotgani millatlararo bag‘rikenglik, tinchlik va barqarorlikga intilish maqsadlarimizning amaldagi ifodasidir.

HURMATLI HAMKASBLAR, DO‘STLAR!

Bugungi dunyoning ko‘plab mintaqalarida millatlar va konfenssiyalararo ziddiyatlar avjiga chiqqan murakkab davrda biz eng bebaho ne'mat sifatida tinchlik, jamiyatda fuqarolararo hamjihatlikni asrashimiz, yoshlar, farzandlarimizni bizning ko‘p millatli xalqimizning yuksak ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz kerak.

Xalqlar do‘stligi har birimizning intilishlarimiz asosi bo‘lib qolishini, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi baxtli va farovon hayot kechirishiga tilakdoshman.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga, tinchlik xotirjamlik tilayman.

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

Bo`lishmoq:
Text to speech