• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Hurmatli quruvchilar, soha fidoiylari va faxriylari!

13 Avgust 2022, 9:2 1211

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Quruvchilik kasbi eng qadimiy kasblardan biri hisoblanadi. Bu kasb bizga ajdodlardan meros desak ham adashmaymiz.

Insoniyat tarixiga nazar solsak, odamzod paydo bo‘libdiki uy qurishga, imoratlar solishga harakat qilgan. Bunga ming asrlar oldin qurilgan va shu kungacha saqlanib qolgan qanchadan- qancha me'moriy obidalar dalil bo‘la oladi.

Hattoki, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur ham “Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq”-degan ekanlar. Sohibqironning bu gapi necha yuz yillarki o‘zbekning kuch-g‘ayrati, shijoati, bunyodkorligi va qudratidan dalolat berib turibdi.

Demakki, mamlakatning salohiyati , uning kuch-qudratini ham bunyod etilgan inshoot va imoratlar qiyofasi ifoda etib turarkan.

Qadim Samarqand, Buxoro va Xivadagi ota-bobolarimiz qurgan muhtasham saroylar, imoratlar hali hanuz hammani hayratga solib keladi.

Bugungi kunda ham respublikamiz qiyofasini tubdan o‘zgartirayotgan bino va inshootlar qurilmoqda. Ular ham binokorlik borasidagi milliy an'analarimiz davom etayotganidan va sohaga zamonaviy bilim va tajribalar keng tatbiq etilayotganidan dalolat beradi. Shubhasiz, bunyodkor quruvchilarimiz mehnati jamiyatimizni tubdan o‘zgartirishga, farovon hayot barpo etishda muhim o‘rin egallaydi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarda, bunyodkorlik ishlarida Kapital qurilish boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta'mir ishlari boshqarmasining mohir quruvchi va muhandislari, usta, me'mor, loyihachilarining o‘rni beqiyos deb bilaman.

Kombinat bunyodkorlari bir qator ob'ektlarimizni barpo etishda jonbozlik ko‘rsatishdi. Jumladan, Yoshlik-1 konining “Barakali” kar'erini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi vaqtinchalik nimstansiya va Angren kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasining yangi chiqindi to‘plash omborini qurilishida, ushbu fabrikadagi markazga intilma konsentrator texnologiyasini joriy etilishida quruvchilarimiz muhim ahamiyatga ega vazifalarni bajarishdi.

Shuningdek, Chodak kon boshqarmasida tovar moddiy boyliklarini ortish va qabul qilish uchun temiryo‘l qurilishi, Mis eritish zavodi boshqarmasi binosi rekonstruksiyasi, yangi SK-5 sul'fat kislotasi sexining omborini barpo etilishida, Mis boyitish fabrikasida boyitish seksiyasini kengaytirish, yangi qo‘shimcha flotasiya mashinalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, quruvchilarimiz Jizzax viloyatida BelAZ rusumli samosvallarni tortish uchun mo‘ljallangan avtotarozi poydevori qurilishda va Mis boyitish fabrikasi ma'muriy binosini rekonstruksiya ishlarida ham faol ishtirok etishdi.

Buning uchun alohida minnatdorlik bildiraman!

Ishonamanki qo‘li gul quruvchilari bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatlarini safarbar etib, oldimizda turgan ulug‘vor vazifalarni albatta sharaf bilan ado etadilar.

Sizlarni yana bir bor kasb ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda mas'uliyatli va sharafli mehnat yo‘lingizda mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat, oilaviy xotirjamlik tilayman. Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz tinchligi va farovonligi yo‘lidagi mehnatlaringizning zavqli rohatini ko‘rishingizni tilab qolaman!

Abdulla Xursanov,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator

Bo`lishmoq:
Text to speech