• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbekiston ozodligining shahodati

06 Dekabr 2024, 16:55 147

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, aziz hamshaharlar!

Sizlarni mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi eng avvalo, Vatanimiz ozodligining shahodati sifatida qadrli bo‘lib, xalqimizning buguni va kelajagini huquqiy kafolatlovchi muhim hujjatdir sifatida fuqarolarning baxtli yashashi, turmushi yanada farovon bo‘lishi uchun ham xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz shukuhi kezib yurgan shu kunlarda mamlakatimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham yurt ravnaqi yo‘lida keng ko‘lamli yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini mamnuniyat va iftixor bilan e'tirof etib o‘tishim lozim.

O‘tgan davr mobaynida oldimizga qo‘yilgan rejadagi vazifalarni izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot, qurilish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdik.

Birgina joriy yildagi ko‘plab ijtimoiy va ishlab chiqarish soha obyektlarining qad rostlashi, sanoatning jadal sur'atlar bilan rivojlanayotganligi buning yorqin misolidir.

Albatta, ushbu muvaffaqiyatlar Sizlarning fidokorona mehnatingiz samarasidir. Bugun, jamoamizda mehnat qilayotgan har bir ishchi-xodim, millati, tili va dinidan qat'iy nazar, o‘zini bu o‘zgarish va yangilanishlarning bevosita ishtirokchisi, bunyodkori sifatida his etayotgani quvonarlidir.

Yangi O‘zbekistonning Yangi kombinatini barpo etishdek sharafli yo‘lda har bir ishchi-xizmatchining konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, yanada munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida diqqatga molik ishlar olib borilayapti.

Ishlab chiqarishni rivojlantirish, quvvatlarni kengaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lidagi misli ko‘rilmagan ishlarimiz qizg‘in davom ettirilmoqda. Kelajak bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimiz ham yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqida 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e'lon qilishni taklif etdi. Bu ayniqsa biz uchun yangi vazifa va mas'uliyatlarni belgilaydi. “Yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Biz ham Konstitusiyamizda belgilangan ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, “yashil” iqtisodiyotni takomillashtirish, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha katta-katta vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

Bu ulkan ishlarni Siz bilan birgalikda amalga oshiramiz. Ularning barcha-barchasi, hech shubhasizki, o‘zining mantiqiy yakuniga yetkaziladi, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz!

Konstitutsiyamiz bergan imkoniyatlar go‘zal va betakror O‘zbekistonimizning barcha fuqarolari qatori har birimizning hayotimizga baxt-saodat va quvonch olib kelsin. Bu shukuhli kunda Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, ezgu ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik  tilayman!

Yurtimizda hamisha tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘lsin!

 Abdulla Xursanov,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi,

 Oliy Majlis senatori

Bo`lishmoq:
Text to speech