Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Hurmatli Quvondiq Sanakulovich!
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ko‘p ming sonli ishchi-xodimlari va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va jamoangizni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 65 yillik yubiley ayyomi bilan chin dildan tabriklayman.
Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati dunyodagi oltin ishlab chiqaruvchi o‘nta yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, uning oltin quymalaridagi “999.9” belgisi jahon qimmatbaho metallar birjalarida O‘zbekiston brendiga aylandi.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, jahon hamjamiyatidagi mavqeini yanada oshirish va xalqimiz farovonligini ta'minlashga salmoqli hissa qo‘shayotgan va jadal rivojlanayotgan kombinat bilan bir soha vakillari ekanligimizdan bag‘oyat faxrlanamiz.
Ko‘p yillik hamkorlik natijasi o‘laroq texnik va texnologik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish va ularning yechimini birgalikda topish odatiy holga aylanib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijadorligiga xizmat qilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish salohiyati, innovatsion rivojlanish va ilmiy izlanishlar sohasida erishilayotgan natijalari, shuningdek, yosh istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yaratilgan tizimi ko‘plab sanoat korxonalari uchun ibrat hisoblanadi.
Aziz hamkasblar, O‘zbekistonning faxri bo‘lgan sanoat gigantiga yangi marralar va ularga erishilishida kuch-quvvat tilashni sharaf deb bilamiz.
Sizga va mehnatsevar ahil jamoangiz a'zolariga mustahkam sog‘liq-salomatlik, g‘ayrat-shijoat, barqarorlik va farovonlik, Vatanimiz manfaati yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman!
Hurmat bilan,
Abdulla Xursanov,
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi, senator