"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kombinat Odob-axloq komissiyasi OKMK AJning barcha darajadagi rahbar hamda boshqaruv xodimlarini kundalik xizmat faoliyatida hamda shaxsiy hayotda yuksak masʼuliyat, kamtarlik va xizmatdagi odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishni, jamiyat va xalq oldidagi masʼuliyatni bir soniyaga ham unutmaslikni hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sifatida shaxsan namuna boʻlishingizni soʻraydi.
Kombinatning har bir xodimi, egallagan lavozimi yoxud ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, oʻz kundalik xizmat faoliyati va shaxsiy hayotida nafaqat qonunchilik talablariga, balki xalqimiz hamda insoniyat tomonidan umumeʼtirof etilgan odob va axloq normalariga, xususan, kamtarlik va halollik tamoyillariga qatʼiy amal qilishi lozim.
Birinchidan, kombinat mehnat jamoasi, aholi hamda tadbirkorlar bilan muloqot chogʻida muomala madaniyatiga qatʼiy rioya eting, ularning dardu tashvishlarini, istaklarini va muammolarini diqqat bilan tinglang. Oʻz xizmat vazifalaringizni bajarishda esa yuksak kasbiy mahorat, madaniyat, halollik va adolat tamoyillariga amal qiling. Shuningdek, oʻz xizmat faoliyatingizda Kombinatimizning ishchanlik obroʻsi va nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishni soʻrayman.
Ikkinchidan, Mehnat jamoasi va turli ommaviy tadbirlarda qatnashish jarayonida kiyinish madaniyati, ozoda tashqi koʻrinish, rasmiy kiyinish uslubingiz va odob-axloqingiz bilan fuqarolar hamda oddiy insonlarning Kombinat rahbarlariga nisbatan hurmatini qozoning, kombinat nufuzi va obroʻsini oshirishga oʻz shaxsiy hissangizni qoʻshishni rahbarlik faoliyatingizning bosh maqsadiga aylantiring.
Uchinchidan, shaxsiy hayotingiz va kundalik turmush tarzingizda juda ham kamtar inson boʻling. Jamoatchilikning ortiqcha eʼtiborini tortadigan, ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻladigan, ayniqsa, dabdababozlik, kibr-havo hamda hashamatli turmush tarzini namoyon etuvchi holatlarga aslo yoʻl qoʻymang. Kombinatning rahbar xodimi sifatida, xizmatdan tashqaridagi vaqtda ham oʻz xulq-atvoringiz bilan kombinatning shaʼni va obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligingiz yuksak lavozimni egallab turgan rahbar sifatidagi burchingiz ekanligini yana bir karra eslatib qolaman.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kombinatning barcha darajadagi rahbar va boshqaruv xodimlaridan, muhandis-texnik toifadagi jamoadoshlarimdan va barcha masʼullardan OKMK AJning odob-axloq Nizomida belgilangan qoidalariga ogʻishmay rioya etishlarini soʻrayman.
Hurmatli hamkasblar, kombinatning odob-axloq qoidalari toʻgʻrisidagi Nizom talablarini buzish, pirovardida qonunchilik hujjatlariga muvofiq intizomiy yoxud boshqa turdagi javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishini aslo unutmang.
Aziz hamkasblar, hurmatli rahbarlar, barchangizni “Olmaliq KMK”AJ xodimi” degan yuksak nomga munosib boʻlishga, shaxsiy hayotda hamda oʻzingiz rahbarlik qilayotgan mehnat jamoasida hamda el-yurt oldida ibrat va namuna boʻlishingizni soʻrayman.
S. Shermatov,
“Olmaliq KMK”AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari,
kombinat odob-axloq komissiyasi raisi