"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, ishlab chiqarish faxriylari!
Sizlarni kasb bayramingiz - O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Albatta, bu bayram mehnat jasorati, matonat va professionallik ramzidir. Sizlar har kuni mamlakatimiz metallurgiya sanoati rivojiga o‘z hissangizni qo‘shib kelayapsiz.
Sizning mehnatingiz iroda va sabr-toqatni, eng yangi texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini talab qiladigan haqiqiy jasoratdir.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topgan kundan boshlab o‘zining ishonchliligi, takomillashtirishga intilishi, yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etishi bilan ajralib turgan. Bularning barchasini - yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ta'minlab, OKMKning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati beqiyos bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda kombinatda ishlayotgan har bir inson uning yangi tarixiga asos solgan ulkan voqealarning ishtirokchisi ekanligidan faxrlanishga haqli.
Biz qaysi obyektda ishlashimizdan qat'iy nazar, hammamiz asosiy maqsadlarga erishish yo‘lida kamarbastamiz. Maqsadlar hukumatimiz va shaxsan Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan bo‘lib, aynan ularning tashabbusi bilan biz jahon miqyosidagi katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Yangi “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida karyer, boyitish fabrikalari, mis majmuasi va o‘nlab infratuzilma obyektlarini barpo etish bizdan bor kuchimizni safarbar etish, yirik moliyaviy mablag‘larni o‘zlashtirishni talab etsada, bizning professional jamoamiz bu vazifalarning barchasini a'lo darajada uddalamoqda.
Ta'kidlash joizki, sizlarning matonatli mehnatingiz bilan rangli metallar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta'minlanmoqda. Xususan, to‘rt oy davomida mis konsentrati ishlab chiqarish 105,3 foizni, o‘z xom ashyolarimizdan katodli mis ishlab chiqarish 116,5 foizni tashkil etdi.
Bizning barcha yutuqlarimiz fuqarolarimiz farovonligini oshirish, ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, sport bilan shug‘ullanishi uchun qulayliklar, iste'dodlarining yangi qirralarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davlat dasturlarida ham faol ishtirok etish imkoniyatlaridir...
“Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi doirasida kombinat mehnatkashlari tomonidan millionlab mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari o‘tqazildi, kilometrlab sug‘orish tizimi quvurlari tortildi. Hozirning o‘zidayoq biz shahar ko‘chalari, OKMK obyektlariga tutash yer uchastkalari, qo‘yinki, korxonalar hududlari qanday o‘zgarib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Bundan tashqari, biz qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha ekologik dasturdagi ishtirokimizni rivojlantirib bormoqdamiz.
Bu ishlarning barchasini amalga oshira borib, mehnat faxriylarimizni, kombinatimiz ishchi-xodimlari va ularning oila a'zolarini e'tibordan chetda qoldirmaymiz. Biz mehnatkash ayollarga ko‘proq e'tibor qaratib, ularga nafaqat ish joylarida munosib sharoitlarni ta'minlash, balki o‘zini namoyon etish, onalik, bolalik, bo‘sh vaqtni tashkil etish masalalarini birgalikda hal qilishda amaliy ko‘mak berishga harakat qilamiz.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tishim joizki, bularning barchasi faqat OKMK jamoasining fidokorona mehnati tufayli amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy masalalarni hal etishdagi faol ishtirokingiz uchun har biringizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlarining kasb bayrami arafasida ushbu voqea quvonchini biz bilan baham ko‘rishga haqli bo‘lgan hamkorlarimiz va hamkasblarimizni ham tabriklayman!
Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, ishlab chiqarishimiz faxriylari, hamkasblar!
Samarali fidoyi mehnatingiz doim sizga mamnuniyat keltirsin va bu yo‘lda sizga muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. Sizlarga sihat-salomatlik, farovonlik va yangi kasbiy zafarlar tilayman!
Abdulla XURSANOV,
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori