• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining Vatan himoyachilari kuniga bayram tabrigi

14 Yanvar 2025, 8:15 115

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi, hurmatli harbiylar va faxriylar!

Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Bugun dunyoda kechayotgan turli xil ziddiyatlar va ixtiloflar davrida mamlakatimiz sarhadlarini kunu-tun qo‘riqlayotgan, osuda kunlarimizning posbonlari bo‘lgan milliy armiyamizning hayotimizda muhim ahamiyatga egaligini yanada teranroq anglayapmiz.

Dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat ham sarhadlarimizning mustahkamligini yanada kuchaytirishni taqazo etmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida Milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar natijasida qurolli kuchlarimiz har qanday sharoitda tezkor harakatlana oladigan, zamonaviy qurol-aslahalarga ega harbiy tuzilmagan aylandi.

So‘zlarimiz isboti sifatida kuni kecha Global Firepower sayti tarqatgan ma'lumotga qaratmoqchiman. Unga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egalladi. 2024-yilda milliy armiyamiz reytingda 65-o‘rinda edi. Bu raqamlar albatta bizni yanada g‘ururlantiradi.

Bugun har bir o‘smir milliy armiyamiz saflarida o‘z yigitlik burchini o‘tashni istaydi. Milliy armiyamiz minglab o‘g‘lonlarimiz uchun  chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylandi.

Xalqimizda bir naql bor: “Hurlikni faqat askarlar emas, ular bilan birga xalq ham yakdil muhofaza etishi shart”. Negaki, xalq va armiya jipsligi, yakdilligi davlat va jamiyatning kuchiga-kuch, qudratiga qudrat qo‘shadi, izchil taraqqiyotni ta'minlaydi

Darhaqiqat, birdamlik - bu tinch va farovon hayotimizning bosh kafolatidir. Tinchliksevar va oliyjanob xalqimizning birdamligi, Xalq va Armiya birligi hamda Milliy armiyamiz qudratini yuksaltirishda, albatta harbiylarning fidokorona mehnati mujassam.

Shu o‘rinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis kompleksida o‘z xizmat vazifalarini olib borayotgan Mudofaa vazirligining toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismi xizmatchilariga  alohida minnatdorchiligimni bildiraman.

Ularning qishning qahratoni, yozning issiq jaziramasiga qaramay olib borayotgan fidoiy xizmati tufayli toifalangan ob'ektlarimizda xavfsizlik va tartib ta'minlanmoqda.

Shuningdek, kombinatning 36 dan ziyod tarkibiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining mehnati ham e'tirof loyiq.

E'tiborlisi xizmat xodimlari yildan yilga o‘z kasbiy mahoratini oshirib borishmoqda. Bugungi kunda ularning shaxsiy tarkibini keng bilim va tafakkurga, yuqori jangovar ko‘nikma, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, yangicha fikrlaydigan, murakkab sharoitida ham o‘z vazifasini uddalashga qodir professional kadrlar tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida huquqbuzarliklarni oldini olish borasida samarali ishlarni olib borayotgan Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi hamda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB mehnat jamoalarini ham samimiy muborakbod etib qolaman.

Barchangizni shonli bayram bilan yana bir bor tabriklayman. Xalqimizga munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan ishlaringiz bardavom bo‘lsin!

Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin azizlar!

Abdulla Xursanov,

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi, Oliy Majlis senati a'zosi

Bo`lishmoq:
Text to speech