Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Aziz yoshlar!
Sizlarni, navqiron avlod vakillarini, kelajagimiz egalarini Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlanganidek, bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib bormoqda. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, yurtimizda yosh avlodning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
Alohida ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda iqtidorli yosh yigit-qizlarimizning iste'dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.
Birgina Olmaliq kon-metallurgiya kombinati misolida oladigan bo‘lsak, unda 11 ming nafardan ziyod yoshlar mehnat qilishmoqda. Rahbarlik lavozimlarida esa 100 dan oshiq yoshlar ishlashmoqda. Bugungi kunda ularning ichida zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashga bel bog‘lagan yoshlarning ko‘pligi bizni quvontiradi.
To‘g‘risi, institutni tamomlab, kombinatda ish boshlagan yoshlarga havasim keladi. Ularga ishlash bilan birga, kasbiy mahoratini oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Jumladan, bu yil qisqa muddatda mutaxassislarni qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan Muhandislik maktabini tashkil qildik. Shuningdek, yosh mutaxassislar uchun o‘z bilim va mahoratlarini xorijiy davlatlarda oshirish imkoniyati yaratildi. Masalan, Germaniyaning Frayberg konchilik akademiyasida aspirantura bosqichida o‘qish uchun mutaxassislar yuborildi.
Yoshlarimizning salohiyat va iste'dodlarini yuzaga chiqarish uchun turli xil kasb-mahorat tanlovlari, sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. G‘oliblar esa rahbarlik lavozimlari zahirasiga kiritilib, kadr sifatida shakllantirish uchun rahbarlarga biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Kombinatga yuqori bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat'iy pozitsiyaga ega mutaxassislar kerak. Chunki, oldimizda turgan ulkan vaziflar - 3-Misni boytish fabrikasini ishga tushirish, keyin esa 4- va 5-fabrikalarni hamda Yangi metallurgiya zavodini qurishimiz kerak. Ushbu megaloyhilarni albatta, sizday yoshlar bilan birgalikda amalga oshiramiz.
Shunday ekan, jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilayman!
Barchangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman, sog‘lik- salomatlik, kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
Abdulla Xursanov,
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator