"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Sanoat suvi ta'minotchilari!
Aziz faxriylar!
Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan Sizlarni samimiy muborakbod etaman!
Xalqimizning “Suv keltirgan aziz” degan purma'no naqli bor. Darhaqiqat, bugun tashkil topganligiga 70 yil bo‘layotgan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi mehnat jamoasi ham biz uchun aziz va qadrli. Ularning mashaqqatli mehnatlari evaziga bugun kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjiri bir zum ham to‘xtamay uzluksiz davom etmoqda.
Korxona tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lgan 1955-yil 1-aprel kuni sex sifatida o‘z faoliyatini boshlagan mehnat jamoasi 2024-yil 30-sentyabr kuni 8 ta ishlab chiqarish uchastkasidan va 4 ta texnologik smenadan iborat katta bir boshqarmaga aylandi.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi olib borilayotgan texnologik jarayonlarga nihoyatda ko‘p miqdordagi suvni uzluksiz yetkazib berishdek mas'ul vazifa o‘z safida 323 nafar muhandis texnik-xodimlar va ishchilarni jamlagan boshqarma mehnat jamoasi zimmasiga yuklatilgan.
Umumiy uzunligi 229 km bo‘lgan suv uzatish tarmoqlari orqali har yili kombinat sexlariga 182 million kubometrdan ziyod suvlar uzatiladi. Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi tomonidan kombinat bo‘linmalariga har kuni o‘rtacha 520 ming kubometr suv uzatib borilayotgan bo‘lsa, shuning 310-315 ming kubometri aylanma, 140-150 ming kubometrini sanoat suvlari tashkil qiladi.
Boshqarma o‘z tasarrufida zamonaviy texnologik uskunalar, yirik elektr uskunalari, nasos stansiyalari, uzatish moslamalari, texnologik va transport ta'minoti uchastkasi, yordamchi xizmatlarga ega.
Bugungi kunda boshqarma mehnat jamoasi nafaqat kombinat tarkibiy bo‘linmalarini sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda balki “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shishmoqda.
Jumladan, loyiha doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ayni paytga kelib, Ohangaron tumani hududida joylashgan “Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasida loyiha bo‘yicha jami bo‘lib 39 ta yer osti quduqlari burg‘ulandi. Har bir quduqnining quvvati soatiga 320 metr kub/soat bo‘lib, suv havzasi jami har soatda 9600 metr/kub suv yetkazib beradi. “Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasidagi 39 ta yer osti quduqlari 2 qatorda bo‘lib, ushbu quduqlar suv yig‘ish kollektoriga yig‘ib beradi. Suvlar 2 ta diametri 1200 mm bo‘lgan quvurlar yordamida fabrikaga yetkazib beriladi. Bu fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini 40%ni qondiradi.
Bundan tashqari, fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida Piskent tumani hududida “Saganak”, “Quyi Saganak”, “Kultepa” va kontur yer osti suv havzalarida ham izlanish ishlari olib borilib, ushbu yer osti suv havzalarida jami bo‘lib yana qo‘shimcha ravishda 81 ta yer osti quduqlari burg‘ulandi.
E'tiborlisi, kombinat suv ta'minotchilari 4- va 5-Mis boytish fabrikalari hamda yangi Metallurgiya majmuasining faoliyatida ham muhim rol o‘ynashadi.
Yangi O‘zbekistonning istiqbol yo‘lida kamarbasta bo‘lib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasining fidoyi jamoasini shonli - 70 yillik yubiley sanasi bilan samimiy muborakbod etaman.
Korxona mehnat jamoasiga Vatanimiz ravnaqi, yurt iqtisodiyoti rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan yutuqlar, sihat-salomatlik, oilalariga farovonlik tilayman!
Abdulla Xursanov,
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi, senator