• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Insonga naf keltirish – oliy saodat

10 Noyabr 2023, 15:40 547

Hurmatli va qadrli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Ushbu xalqchil uyushmaning ijtimoiy hayotdagi ulkan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan respublikamiz tarixida ilk bor “11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” deb e'lon qilindi.

Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, uyushma a'zolarining sa'y-harakati, birdamligi va fidoyi mehnati jamiyatimiz ma'naviy va madaniy hamda ijtimoiy hayotida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga zamin bo‘lmoqda.

Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlarining kasaba uyushmasi Kengashi boshlang‘ich tashkilotlari ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, sog‘lomlashtirish va dam oldirish, xotin-qizlar va yoshlar masalalarida Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatini hayotga izchil tatbiq etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Eng muhimi, ishchi-xizmatchilarning ertangi kunga umidi va ishonchini yuksaltirib, shuning barobarida mehnat samaradorligi va unumdorligi oshishida munosib hissalarini qo‘shishmoqda.

Ana shunday samarali faoliyat O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan e'tirof etilib, sana munosabati bilan bir nafar xodim “Ehtirom” va ikki nafar kasaba uyushmasi a'zosi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandilar. Bu kasaba uyushmasi amalga oshirayotgan ishlarga berilgan munosib baho, cheksiz hurmat va ehtirom belgisidir.

Bugungi murakkab va shiddatli davr kombinatimiz mehnatkashlarining kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta'minlash tizimini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda va Siz azizlar bu borada ham sidqidildan faollik ko‘rsatasiz, deb ishonaman.

Hurmatli kasaba uyushmasi xodimlari, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, mas'uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Sizlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

Abdulla Xursanov,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, senator

Bo`lishmoq:
Text to speech