"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Hurmatli Ikkinchi jahon urushi faxriylari, mehnat fronti ishtirokchilari, qadrli olmaliqliklar!
Shu kunlarda xalqimiz fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80 yilligini hamda 9-may - Xotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqda.
Bugun biz bilan yonma-yon turib, barchamizga ma’naviy ibrat bo‘lib kelayotgan muhtaram urush qatnashchilarini, ular qatorida front ortida o‘ta og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, g‘alaba qozonishga katta hissa qo‘shgan hamshaharlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Shubhasiz, Ikkinchi jahon urushi xalqimiz boshiga qanday og‘ir azob-uqubat va talofatlar, behisob qurbonlar keltirganini xalqimiz hech qachon unutmaydi. Qonli jang maydonlarida mardlik ko‘rsatgan, front ortida mehnat qilib, ayni damda hayotimizga fayz bag‘ishlab yurgan muhtaram faxriylarimiz oldida doimo bosh egib ta’zim qilamiz. Ularning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklarini yuragimizda abadiy saqlaymiz.
Joriy yilda 9-may - Xotira va qadrlash kuni yurtimizda “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Urush qatnashchilari, uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari tantanali ravishda topshirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham nuroniylar holidan xabar olish, ularning sog‘liklarini tiklash, uy-joylarini ta’mirlab, obodonlashtirish, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan keksalar uchun bayram dasturxonlarini yozish kabi amallar bardavomlik kasb etayapti.
Bu ezgu amallarga hamohang holda urush va mehnat faxriylari bo‘lgan hamshaharlarimizga, Afg‘on urushi va Chernobil AES falokatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar hamda yolg‘iz va kam ta’minlangan OKMK mehnat faxriylariga bayram sovg‘alari hadya etilmoqda.
Muhtaram faxriylar!
Siz, azizlarga urush yillarida ko‘rsatgan jangovar va urushdan keyingi yillardagi mehnat qahramonligingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Biz sizlarni xalqimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz!
Fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘lik-salomatlik tilayman.
Farzandu nabiralaringiz baxtu kamolini ko‘rib, xonadonlarimizga fayz berib yurishingizni tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
Abdulla XURSANOV,
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori