"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining tayanchi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ulkan ishlab chiqarish quvvatlari, balki kelajak egalari bo‘lgan yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida ham ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, ularning kamolotiga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va raqamli tizimlar bilan qurollangan sanoat gigantining ertangi rivoji bevosita bilimli, izlanuvchan hamda vatanparvar yoshlar bilan chambarchas bog‘liq. Bugun Ohangaron tumani yoshlari uchun kombinat bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiyada ham ularning kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlari va sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida poydevor vazifasini o‘taydi.
Yoshlar dastlab “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lib, bu yerda yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra, yoshlar kombinatning shonli tarixi, mehnat zafarlari va bugungi yuksalish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan OKMK tarixi muzeyini ko‘zdan kechirishdi. Sanoat gigantining o‘tmishi va bugunini bog‘lovchi noyob eksponatlar, “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Shu kunning o‘zida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Respublika ishchi guruhi hamkorligida yoshlar, o‘rta yosh va katta avlod vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi.
Samimiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik ushbu muloqotda OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov hamda O‘zbekiston Qahramoni Saydali Rahmonov, Respublika ishchi guruhi azosi Erkin Uralov, Ohangaron tuman “Qiziloy” va “Yangiobod” MFYlari yoshlari va nuroniylari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida hayotiy tajribaga boy katta avlod vakillari yoshlarga istiqbol yo‘lida asqotuvchi qimmatli o‘gitlarini berdilar. Inson kamoloti va muvaffaqiyatining bosh omili sifatida — doimiy ilmga intilish, tinimsiz izlanish hamda ota-ona duosini olib, halol mehnat qilish lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Tadbir davomida yuksak intellektual salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan bir guruh iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ustozlari alohida e’tirof etildi. Ularga ilm-fan yo‘lidagi fidoiyligi uchun kombinat rahbariyatining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi rag‘bat yosh kuchlarni yangi marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.
Sanoat ekskursiyasi davomida Ohangaron tumani yoshlari kombinat haqida boy tasavvurga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmati