Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Eng yaxshi yosh payvandlovchi-2026"

18 Iyun 2026, 13:51 34

Joriy yilning 16-iyun kuni Mis boyitish fabrikasi Yoshlar ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorligida fabrika yoshlari o'rtasida "Eng yaxshi yosh payvandlovchi-2026" kasb-mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning 1-bosqichida ishtirokchilarning o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 nafar ishtirokchi esa 2-bosqichda bellashishdi.

2-amaliy bosqichda ishtirokchilar payvandlash sohasiga oid topshiriqlarni bajarishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra, 3-o'rinni Ta'mirlash mexanika uchastkasi payvandlovchisi Davron Qo'chqorov egalladi.

2-o'rin 2-Maydalash boyitish majmuasi sexi payvandlovchisi Jasur Isomiddinov qo'lga kiritdi. "Eng yaxshi payvandlovchi", deya Mis-molibden konsentratlari saralash va quritish sexi payvandlovchisi Shaxzod Mamatqulov eʻtirof etildi.

G'oliblar kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Kamoliddin Abdikulov,
MBF yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech