"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 10-fevral kuni Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida fabrika ishchi-xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika chilangari-2026” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkazilib, 1-bosqichda ishtirokchilarning o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 nafar ishtirokchi esa 2-bosqichda bellashishdi.
2-amaliy bosqichda ishtirokchilar avtomatika sohasiga oid topshiriqlarni bajarishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni 2-Maydalash boyitish majmuasi ishchisi Maftuna Ergasheva egalladi.
2-o‘rinni Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari xizmati ishchisi Muhammadsaid Sharofiddinov qo‘lga kiritdi.
“Eng yaxshi Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika chilangari”, deb Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi ishchisi Eldor Hasanov e’tirof etildi.
G‘oliblar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Kamoliddin Abdiqulov,
MBF Yoshlar ittifoqi raisi