• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati birinchiligi

04 Oktyabr 2023, 8:59 842

Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmatini tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan bir qator sport musobaqalari tashkil etildi.

Jumladan, joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari sportning mini futbol turi bo‘yicha IHQX birinchiligi o‘tkazildi.

Yoshlar ittifoqi hamda va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqada 14 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishdi.

Shiddatli va keskin kurashlaga boy bo'lgan musobaqada 3-o'rinni 1-komanda 3-guruh jamoasi egalladi. 2-o'rin esa 4-komanda 3-guruh jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa g'olibligini esa 3-komanda 3-guruh jamoasi qoʻlga kiritdi.

29-sentyabr kuni esa sportning "armrestling" turi bo‘yicha IHQX birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada 22 nafar ishtirokchi g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishdi.

Musobaqa 2 xil vazn (75-85 kg) toifasida o‘tkazildi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'lgan musobaqada 85 kg vaznda 1-o‘rinni 3-komanda 4-guruh nazoratchisi Artur Djurayev egalladi.

75 kg vaznda 1-komanda 3-guruh o‘qchilari Dostonbek Ibrohimov hamda Ohunjon Xalilovlar 1-o‘ringa loyiq topildi.

Musobaqalar g'oliblari Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 70 yillik yubiley bayramida qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadilar.

S. Raximov,

IHQX yoshlar ittifoqi raisi

B. Qo‘ldoshev,

IHQX jismoniy va saf tayyorgaligi bo‘yicha yo‘riqchi

Bo`lishmoq:
Text to speech