"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 5-aprel kun poytaxtimiz Toshkent shahrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan an’anaviy “International Tashkent Marathon – 2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Marafon Humo Arena majmuasidan start olib, poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.
Mazkur musobqaning 5 km masofaga yugurish bahsida OKMK yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: sakkizinchi yil ketma-ket tashkil etilgan ushbu nufuzli sport tadbiri mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy yugurish bayramlaridan biriga aylandi. Marafon professional sportchilar bilan bir qatorda sog‘lom turmush tarzini qadrlovchi minglab havaskorlarni ham bir nuqtaga jamladi.
Joriy yilda marafonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 15 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil etdi.
Toshkent xalqaro marafoni World Athletics tomonidan beriladigan “World Athletics Label” maqomiga ega bo‘lib, unda qayd etilgan natijalar xalqaro miqyosda rasman tan olinadi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Axborot xizmati