"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi murakkab texnologiyalar asrida mantiqiy fikrlash eng muhim mezonlardan biridir. OKMKda yosh mutaxassislarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan shaxmat musobaqasi chinakam mahorat maktabiga aylandi.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Yoshlar Cup sport musobaqalari doirasida o‘tkazilgan shaxmat turniri ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqada kombinat tarkibiy bo‘linmalarida saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh xodimlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish, shaxmat turiga yoshlarni yanad ko‘proq jalb etish, Respublika miqyosida musobaqalarga eng kuchli shaxmatchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada juftliklarga bo‘lingan holda olipmiya tizimida dona surishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, eng yaxshi natija qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar g‘olib sifatida e’tirof etildi.
Jumladan, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi sharafini himoya qilgan Umid Orzuqulov barchadan kuchli dona surib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Angren kon boshqarmasi vakili Doston Safarov ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi sharafini himoya qilgan Sarvar Haydarov uchinchi o‘rinni band edi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.
Bahriddin Usvaliyev,
Texnologik transport boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi