• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi dolzarb ahamiyatga ega

04 Oktyabr 2023, 10:19 1047

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Ayni kunlarda OKMK tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida mamlakatimiz rahbari nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday davra suhbatlaridan biri Qalmoqqir kon boshqarmasi yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi o‘qib eshittirildi.

Prezidentimiz o‘z nutqida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berish borasida erishilgan natijalar, iqlim o‘zgarishi va suv muammolari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalirini bildirgan.

Bundan tashqari, nutqda aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida yaqinda mintaqamiz davlatlari tomonidan Yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari haqidagi bitim imzolandi.

Bu sohada Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatish maqsadida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish va uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari ekstremizm tarqalishiga, yoshlarning radikallashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun birgalikdagi harakatlarni faollashtirishga to‘xtalib o‘tdi.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Milliy strategiyamiz doirasida ilgari ekstremizm g‘oyalari ta'sirida bo‘lgan shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish va jamiyatga moslashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi. Besh marta “Mehr” insonparvarlik missiyasi o‘tkazildi, uning doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalar qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytarildi.

– Xalqaro jamoatchilik joriy yilning iyun oyida mana shu yerda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida mamlakatimizga olib kelingan va yangi hayot boshlagan shaxslarning tarixini ularning o‘zlaridan eshitdi.

Biz bu yo‘nalishdagi harakatlarni davom ettirish va doimiy tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida urush hududlaridan qaytganlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashini tuzishga qaratilgan amaliy qadamlarni tashladik, – dedi Prezident.

Tadbirda yurtboshimiz o‘z nutqlarida keltirib o‘tgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ham batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Portlovchi materiallar zavodi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Mis boyitish fabrikasi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, 2 Mis boyitish fabrikasi kabi tarkibiy bo‘linmalarida ham o‘tkazildi.

Tadbirlarda yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech