Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zaxira kadrlar uchun yangi tashabbus: malaka oshirish kurslari boshlandi

17 Mart 2025, 13:0 1114

2025-yil 13-mart kuni Avtomobil transporti boshqarmasi rahbariyati va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan boshqarma tarkibidagi zaxira kadrlar tizimini mustahkamlash, transport xizmatlari tannarxini optimallashtirish, buxgalteriya hisobi va huquqiy yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni o‘qitish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus yosh ishchi-xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash hamda boshqaruv tizimiga innovatsion yondashuvni joriy etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

14-mart kuni Muhandislar maktabida malaka oshirish kurslarining ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Kursning birinchi kunida Transport va logistika departamenti direktori R. Sanaqulov ishtirok etib, soha rivoji, transport xizmatlari samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur o‘quv kurslari boshqarma tizimidagi yosh mutaxassislar uchun katta imkoniyat bo‘lib, ularning kasbiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Ushbu tashabbus kelgusida ham davom ettirilib, OKMKning kadrlar zaxirasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Abdujabborov Azamat

OKMK ATB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech