• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2020 yil I yarim yillik yakunlari boʻyicha tahliliy ma'lumotnomasi

05 Iyul 2020, 16:17 1754

"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2020 yil I yarim yilligi davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:

  • joriy narxlarda 106,6% ga;
  • solishtirma narxlarda 101,0% ga.

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2019 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 105,3 % tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 101,6 %, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 105,8%, rux metalli 85,4%, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 103,6%, sul'fat kislotasi 88,7 %, affinajlangan oltin 100,8 %, affinajlangan kumush 134,8 %ga bajarildi.

2020 yil I yarim yilligida eksport qilingan mahsulotlar 92,5% ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan 349,5 mln. dollarlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan, shu jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 133,3 mln. dollar;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 4,0 mln. dollar;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 32,0 mln. dollar;
  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy kreditlar – 180,1 mln. dollar.

2020 yil I yarim yilligi davomida amalda 131,8 mln. dollar (101,9 %) investitsiya o’zlashtirildi, jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 113,9 mln. dollar;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 16,2 mln. dollar;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 1,7 mln. dollar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2020 yildagi "2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to`g’risida"gi VMQ-136-sonli qaroriga binoan, 2020 yilda "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 120,0 mld so`mlik 49 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

2020 yil I yarim yilligida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish 39 ta loyiha bo'yicha 69,2 mlrd. so'm yoki istiqbolga nisbatan 120,5% ni tashkil etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2020 yilda qiymati 13 824,0 ming dollarlik 189 ta texnologik jihozlarni almashtirish va modernizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2019 yil I yarim yilligida qiymati 2 650,6 ming dollarlik 29 ta texnologik jihozlar modernizatsiyalandi va almashtirildi.

Mahsulot tannarxini 334,0 mlrd. so'mga yoki 2,9% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi 2020 yilda mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

2020 yilning I yarim yilligida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishining kutilayotgan natijasi 524,0 mlrd. so'm yoki 10,1% ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 329,4 mlrd. so'mni yoki 6,4% ni tashkil etadi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.07.2020 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik 735,5 mlrd. so'mni, shu jumladan 120,2 mlrd. so'mlik muddati o'tgan qarzdorlik, 976,8 mlrd. so'mlik kreditorlik qarzdorlikni tashkil etadi.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 3167 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 1248 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 953 kishi, shu jumladan 177 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

Korxonalarda kadrlar zahirasiga kiritilgan MTXlar ham malaka oshirish kurslarida o’qitildi. Jumladan, Kovuldi konidan 10 nafar, AKB dan 10 nafar, ShQB dan 10 nafar xodim o’qitildi.

“Xonjiza” KBning 21 nafar ishchisi “Konchilik ishi” yo’nalishi bo’yicha malaka oshirish kursida o’qitildi.

“Naryad-ijozat topshirig’i qoidalari”ni o’rganish bo’yicha 156 nafar MTXlar o’qitildilar.

“Kompyuterda ishlash” yo’nalishida MTXlarning 20 nafari o’qitildi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida keltirilayotgan texnikalar bo'yicha (BelAZ-7540, BelAZ-75131, Belaz75307) xodimlar ehtiyojiga muvofiq ATB ishchilarining 97 nafari o’qitildi.

O’quv markazida masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish borasida dastur ishlab chiqildi. Ushbu o’quv metodini tashkillashtirish uchun O’quv markazining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, ta’limning asosiy yo’nalishlari bo’yicha kombinat bo’linmalaridagi mutaxassislar jalb qilindi.

Masofaviy ta'limni joriy etish dasturiga muvofiq elektron hujjat aylanishi tizimi, elektron hujjatlar bazasi ishlab chiqildi, edu.agmk.uz platformasida kutubxona (bilimlar bazasi) ning elektron versiyasi ishga tushirildi. O'quv dasturlari bo'yicha videoyozuvlarni suratga olish tashkil etildi. Tashkil etilgan o'quvchilar guruhlari uchun Telegram-kanal ishga tushirildi.

Iyun oyida 300 nafar ishchilar "Yuklovchi" kasbi bo'yicha masofadan o'qitiladi, mashg’ulotlar ishlab chiqilgan dastur va maxsus usullar bo'yicha o’tkaziladi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taqsimlanishi tasdiqlandi va 580 nafar Olmaliq konchilik va kon-metallurgiya kollejlari, 25 nafar Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji, 27 nafar Denov tog’-kon sanoat kasb-hunar kolleji, 28 nafar Angren kimyo-texnologiyalari kolleji bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. Bundan tashqari, kasb-hunar kollejlari tomonidan taqdim etilgan reyting natijalariga ko'ra, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ro'yxati shakllantirilib, ularni ishga joylashtirish maqsadida yo'nalishlar berildi.

Shu kunga qadar 440 nafar Olmaliq konchilik va kon-metallurgiya kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga joylashtirildilar.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarga 2030 yilgacha bo'lgan ehtiyoj aniqlandi. Kombinat bosh mutaxassislari ishtirokida kasb-hunar kollejlari o’quvchilari bilan uchrashuvlar (seminarlar) grafigi ishlab chiqildi.

“Olmaliq KMK” AJ o’nlab O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan:

  • Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali - 291 kishi;
  • “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali – 9 kishi;
  • Navoiy davlat konchilik instituti – 20 kishi;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – 6 kishi;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 2 kishi;
  • Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti– 2 kishi;
  • Toshkent kimyo texnologiyalari instituti – 1 kishi;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1 kishi;
  • O’zbekiston Milliy universiteti – 1 kishi;

Rossiya Federatsiyasida:

  • “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti – 112 kishi.

2019-2020-o'quv yilida Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha strategik dasturiy tadbirlar ishlab chiqildi. 2030 yilgacha universitet bitiruvchilariga bo'lgan ehtiyoj aniqlandi.

Hisobot davrida kasb-hunar kollejlarining 300 nafar va Oliy ta’lim muassasalarining 106 nafar bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati (26 aprel 2017 yildagi 322-sonli buyruq) tashkil qilindi va ijro intizomi holatining tanqidiy tahlili va tizimi tartibi o’rnatildi.

Butun davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlash va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda   bajarilish holatini o’rganish ishlari olib borildi. Kombinatning ish rejasiga muvofiq tahliliy ma'lumotnomalar bilan rasmiylashtirilgan bayonnomalar tuziladi.

Qarorlar ijrosini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2020 yil I yarim yilligida “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 397ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i  va aktlari - 75ta (4 ta Farmon, 14 ta Qaror, 1 ta Farmoyish, 9 ta bayonoti, 47 ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i), O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari - 322 ta (33 ta Qaror, 10 ta Farmoyish, 43 ta bayonot, 82 ta Bosh vazir va uning o’rinbosar, maslahatchilarining topshiriqlari, 126 ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil etilgan.

2020 yilning I yarim yilligida 1397 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 227 ta ariza bo'yicha choralar ko'rildi, 46 ta qonun hujjatlari talablariga muvofiq ko'rib chiqilmagan, 1034 ta murojaatlar bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 68 ta murojaat hozirgi kunda ko'rib chiqilmoqda, 19 ta murojaatlar tegishli tashkilotlarga jo'natildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal xizmatlar masalalari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa bo’limlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

Yuklab olish (pdf, 401 kB)

Bo`lishmoq:
Text to speech