Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil I-yarim yillik yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

04 Iyul 2025, 11:50 988

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2025-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –116,2%.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,6 foizga, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 119,3 %, metalli rux 60,3 foizga, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 106,0 %, sulfat kislotasi 89,6 foizga,  affinajli oltin 101,1 foizga va affinajli kumush  100,0 foizga bajarildi.

2025 yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 239,2 mln.doll. (102,6 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2025-yil 31-yanvardagi 53-son qaroriga muvofiq investitsiya dasturi tasdiqlangan boʻlib, “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 9 ta yirik loyiha doirasida 869,2 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:

2025-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha  444,6 mln. dollar miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 133,7 mln. doll.

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 310,8 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 753/15-sonli “Togʻ kon metallurgiya sanoati korxonalari ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulot turlarini oʻzlashtirish  hamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”da qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2025-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1283,9 mlrd. soʻmlik 105 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2025-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 100 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 629,2 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,2 foizni tashkil etdi.

2025-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1 690,2 mlrd. soʻmga yoki 10,3 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2025-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 509,9 mlrd. soʻmni yoki 8,1 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi  350,9 mlrd. soʻm yoki 5,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2025 yil 1 iyul oyi holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 11 866,4 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 4 240,6 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.            

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 2815 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 447 nafar,  qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 436 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 793 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 331 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 80 tani tashkil etmoqda, bundan 7 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 73 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 958 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 533 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 242 nafar va ma’lumotsiz 183 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2025-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha jami 1982 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 56 ta – (1 ta farmon, 7 ta qaror, 2  ta farmoyish, 1 ta bayon, 45 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 303 ta, (20 ta qaror, 10 ta farmoyish, 45 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 143 ta, kotibiyat topshiriqlari – 85 ta kirim qilingan.

 

Bo`lishmoq:
Text to speech