Boshqaruv raisi o'rinbosari - Bosh muhandis bo'limlari va xizmatlari
BOSH ENERGETIK XIZMATI
Xizmat boshlig'i: Dusmetov Davran Saidaxmetovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Kombinat korxonalarini energiyaning barcha turlari bilan uzliksiz va sifatli ta’minlanishini tashkil etish, energojihojlar va energomoslamalarni texnik qo'llanilishini va ularni avariyasiz ishlashini ta’minlovchi rejaviy-ogohlantiruv ta’mirini tashkil etish;
- Eenergo jihojlardan foydalanish texnik darajasini doimiy ravishda oshirib borish, energiya, yoqilg'i va ikkilamchi energo zahiralardan oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni tashkil etish.
- Energetik quvvatlarni o'z vaqtida oshirib borish va zamonaviy texnikalarni joriy etish.
BOSH MEXANIK XIZMATI
Xizmat boshlig'i: Azizov Anvarjon Abdurashidovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Sanoat binolari, ishlab chiqarish uskuna-jihozlari, uzatma moslamalarining texnik holati yuzasidan rahbarlikni amalga oshirish, shuningdek, uskuna-jihozlarning xavfsiz, halokatsiz hamda iqtisodiy samarali ishlashini ta'minlash;
- Kombinat korxonalarini ehtiyot qismlari va ta'mir materiallari bilan ta'minlash;
- Ilg'or texnologiyani, himoya qobiqlar va yangi materiallarni taqbiq etish yo'li bilan, jihozlarning mustahkam va uzoq muddat ishlashini oshirish bo'yicha ishlarning tashkil etish, mazkur ishlarni texnik boshqaruvini tashkillashtirish;
- Ta’mirlash-mexanika xizmati tarkibigi kiruvchi bo'limlar, uchastkalarning ishlab chiqarish quvvatidan unumli foydalanishini ta’minlash;
- Mexanizasiyalarni rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash tizimi asosida jihozlarni ta’mirlash va texnologiyasi takomillashtirish, ilg'or tajriba hamda yangi uzellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqishni joriy etish;
- Ta’mirlash-foydalanish ehtiyojlariga ajratilgan moddiy resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash.
STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH BO'LIMI
Bo'lim boshligʻi: Mavlanov Abdushukur Sultanovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari va funksiyalari:
- Kombinat korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish (mavjud boʻlmagan xollarda), ularni oʻz vaqtida qayta koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yangi standartlarni va boshqa normativ, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha metodik va rahbariy hujjatlarini oʻz vaqtida amalga kiritish.
- Kombinat fondida mavjud normativ hujjatlarni oʻz vaqtida aktuallashtirish.
- Kombinata ishlab chiqarilayotgan sertifikatlashtirish majburiy boʻlgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.
- Sifat menedjmenti tizimi samaradorligini doimiy oshirish, jarayon va protsedura hujjatlarini ishchi xolatda boʻlishi ta’minlash.
- Kombinat korxonalarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha tashkiliy-metodik ishlarni olib borish va amaliy yordam koʻrsatish.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga shtrix kodi olish ishlarini amalga oshirish.
ENERGOMENEJER XIZMATI
Xizmat boshligʻi: Ablyaev Uzeir Irfanovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
-
Energiya resurslarining foydalanishdagi foydali samarasini saqlab qolgan holda foydalanilayotgan energiya resurslarining hajmini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
-
“Olmaliq KMK” AJ uchun ISO 50001 standartiga muvofiq EnMT uchun me’yoriy-texnik hujjatlarni saqlash va hisobga olishni tashkil etish;
-
Energetika uskunalari ekspluatatsiyasining texnik darajasini doimiy ravishda takomillashtirish va energiya, yoqilg’i va ikkilamchi energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
-
“Olmaliq KMK” AJ da energetika menejmenti tizimining (EnMT) ishlashini ta’minlash, shuningdek, uning faoliyatini tahlil qilish;
-
Energetika siyosati va EnMT bo’yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
Energetika menejmenti tizimini (EnMT) yuqori rahbariyat tamonidan tahlil qilishda ishtirok etish;
-
Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring qilish va tarkibiy bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
-
EnMT bo’yicha ichki auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, budjet mablag’lari va energiya resurslari uchun narxlardan kelib chiqqan holda, butun Kombinat uchun, shuningdek, EnMT tizimiga kiritilgan har bir mahsulot turi bo’yicha energiya resurslari iste’molini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni jamlash, to’plash va tizimlashtirishni ta’minlash;
-
Bo’linmalarda yoqilg’i, elektr, issiqlik energiyasi, suv iste’molining tezkor hisobini va o’z vaqtida hisobot berishni, shu jumladan yoqilg’i va energiya iste’moli me’yorlariga rioya etilishi to’g’risidagi ma’lumotlar berishni tashkil etish;
-
Energiya balanslarini, smetalarini, energiya resurslarini iste’mol qilishning kalendar rejalarini, mahsulot birligiga energiya resurslarining progressiv solishtirma sarf me’yor (norma) larini tayyorlashda ishtirok etish;
-
Kombinatning tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda energiyaning barcha turlarini oqilona sarflash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
MEHNAT MUHOFAZASI VA SANOAT XAVFSIZLIGI DEPARTAMENT
Departament boshlig'i : Jurayev Shuxrat Turayevich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarni tashkil etish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini ta'minlash yo'lida nazorat tizimini yaxshilash maqsadida mehnat muhofazasi va sanoat xavsizligi bo'yicha ishlarni takomillashtirish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarning olib borilishini nazorat qilish.
MEHNAT MUHOFAZASI VA SANOAT XAVFSIZLIGI BO’LIMI
Bo'lim boshlig'i : Jurayev Shuxrat Turayevich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarni tashkil etish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini ta'minlash yo'lida nazorat tizimini yaxshilash maqsadida mehnat muhofazasi va sanoat xavsizligi bo'yicha ishlarni takomillashtirish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarning olib borilishini nazorat qilish.