Javob: Hozirgi vaqtda "Olmaliq KMK" AJga ishga qabul qilish, ishchi ixtisosliklari va mutaxassislar lavozimlari bo’yicha bo’sh ish o’rinlarga da'vogarlarni tanlab olish, hamda kombinatni malakali ishchilar, xizmatchilar va mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida, bo’sh ish o’rinlari va xodimlarga ehtiyoj mavjud bo’lganda onlayn https://www.agmk.uz/ru/vacancy amalga oshirilmoqda.
Da'vogarning ishbilarmonlik kasbiy hislatlari testlash va suhbatlashish orqali dastlabki tanlash jarayonida aniqlanadi.
Ish qidirayotgan fuqarolar, quyidagi hujjatlarni online taqdim qiladilar
- Rezyume;
- Pasport;
- Mehnat stajini tasdiqlovchi daftarcha (avval ishlamaganlardan tashqari);
- Kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, asli yoki o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (kasbga ega bo’lgan shaxslar uchun)
- Nogironlar ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bilan birgalikda qo’shimcha tarzda tavsiya etilayotgan tavsifi va mehnat sharoitlari haqida Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) xulosasini taqdim etadilar.
Ishga qabul qilish haqida ma'lumot "Olmaliq KMK" AJ rasmiy veb-saytida - www.agmk.uz, shuningdek Facebook - https://www.facebook.com/agmkofficial, Telegram - https://t.me/ao_agmk ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi.
Ish haqi to’g’risida ma'lumotnoma olish uchun "Olmaliq KMK" AJ arxiviga yozma ariza yoki info@agmk.uz elektron pochtasiga so’rov yo’llab murojaat etish mumkin. Arizaga pasport nusxasi, hamda kombinatda ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining nusxasini ilova qilish lozim.
So’rovni ijro etish muddati - ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 30 kun.
Olib borilgan ishlar natijasida arxiv Arizachiga rahbar tomonidan burchak shtampi va muhr bilan tasdiqlangan arxiv ma'lumotnomasini yuboradi. Arxiv ma'lumotnomasida ish haqi ma'lumot so’ralayotgan davr mobaynida amalda bo’lgan pul nominaliga (so’m) binoan ko’rsatiladi. Ular arxiv hujjatlarida qanday bayon etilgan bo’lsa, ma'lumotnomaga ham huddi shunday kiritiladi.
Arxiv ma'lumotnomalari, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini, hamda o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan tegishli ishonchnoma taqdim etganda beriladi, shuningdek elektron nusxasi E-mail orqali jo’natiladi. Hujjatlarning haqiqiy nusxasi arizachining uy manziliga pochta orqali jo’natiladi.
Mazkur aksiyalarni reestrda rasmiylashtirish (yangilash) haqidagi ma'lumotlar bilan "Olmaliq KMK" AJ www.agmk.uz veb-saytidagi "Aksiyadorlarga" bo’limining "Rezident bo'lmagan aksiyadorlar" sahifasida tanishishingiz mumkin. Demak, sizga tegishli bo’lgan pul miqdorini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha harakat qiluvchi ishonchli shaxslar orqali olishingiz mumkin. Aksiyadorning yashash joyi bo’yicha notarial tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga yo’l qo’yiladi.
Kombinat o’zining O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashovchi sobiq xodimlariga sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash uchun pul mablag’larini har oyda va o’z vaqtida "O’zbekiston pochtasi" AJ orqali o’tkazib turadi.
Rossiya Federasiyasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha o’tkazmalar miqdori O’zbekiston Respublikasi Bosh pochtasida to’planib boriladi, va bu yerda valuta ayirboshlanadi va zararni qoplash uchun to’lovlar miqdorlari egasiga jo’natiladi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh pochtasi valuta mablag’larining to’planishiga qarab, Sizga tegishli bo’lgan pul mablag’larini majburiy tarzda pochta o’tkazmalari orqali jo’natadi.
Answer: Currently, being an employee of the plant, it is possible to get a higher education at the same time. You can enroll in the general procedure for correspondence and evening departments of universities in the appropriate direction.
To do this, you can submit the relevant documents to the admissions committees of universities and pass the test tests. The deadline for submitting documents is from June 15 to July 15.
Transfer to another permanent job in JSC "Almalyk KMK" can be carried out by mutual consent of the employer and employee on the basis of Articles 138 and 140 of the Labor Code of the Republic of Uzbekistan.