Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
13 Oktyabr 2023, 16:13 722
Mamlakatda yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish, sanoat tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hisobidan aholi daromadlarini oshirish hamda yirik tarmoqlarga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:
Belgilansinki, davlat sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha vazifa va funksiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklanadi.
Bunda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish va sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilansin:
yagona sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;
hududlarning tabiiy xomashyo, mehnat resurslarini va “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan yo‘nalishlarni belgilash va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
sanoatning bazaviy tarmoqlari, jumladan neft-gaz, energetika, kimyo, tog‘-kon, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish, diversifikatsiya qilish hamda ularni isloh qilish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish;
resurslarning tarmoqlararo va hududlar bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanishini hamda infratuzilmaning o‘zaro muvozanatlashgan rivojlanishini ta’minlash;
tegishli vazirliklar bilan birgalikda energiya resurslari, qimmatbaho va rangli metallar, boshqa strategik resurslarni ishlab chiqarish, ularning iste’mol balansini shakllantirish va monitoring qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish;
sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda operatsion samaradorlikni oshirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
muhim sanoat mahsulotlari bo‘yicha bozor konyunkturasini o‘rganish asosida tegishli mahsulotlar bilan ichki bozor talabini qondirish va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish hamda sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va choralar ishlab chiqish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga sanoatni rivojlantirish bo‘yicha berilayotgan vakolatlarni inobatga olgan holda iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlariga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
a) vazirning birinchi o‘rinbosariga (I. Norqulov):
global iqtisodiy-moliyaviy vaziyatni va bozor konyunkturasini tahlil qilish asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarga ta’siri bo‘yicha xatarlarni baholash hamda ularning salbiy ta’sirini yumshatish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soha, tarmoq va hududlar kesimida manzilli prognoz parametrlarini shakllantirish;
b) vazir o‘rinbosariga (B. Xodjayev):
sanoat siyosatini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini tashkil etishga mas’ul etib belgilagan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarma va bo‘linmalarining sanoatni rivojlantirish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
yirik tarmoq korxonalari va hududlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini monitoring qilish hamda prognoz ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
bazaviy sanoat tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish, ularda mahsulot va xizmat tannarxini pasaytirish, moliyaviy barqarorligini va operatsion samaradorligini oshirish;
Energetika vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida tarif siyosatini tahlil qilish va takomillashtirish choralarini ko‘rish;
v) vazir o‘rinbosariga (A. Boboyev) — hududlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, sanoat zonalari va yangi ishga tushiriladigan yirik korxonalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish va ularni moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Sanoat siyosatini amalga oshirish va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
sanoatda iqtisodiy o‘sish “nuqta”larini aniqlash, hududlarda “drayver” sohalarni belgilash, yangi turdagi qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish va energiyadan samarali foydalanish, shu jumladan resurs va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
sanoat tarmoqlarining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini tahlil qilish, mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni va mehnat unumdorligini oshirish siyosatini ishlab chiqish;
sanoat sohalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda davlat tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Loyiha ofisi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun, istisno tariqasida, xalqaro konsalting kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
Quyidagilar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilsin:
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatining 45 ta shtat birligi.
Viloyat, shahar va tumanlarning iqtisodiyot va moliya boshqarmalari va bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish yig‘ma bo‘limlari tashkil etilsin.
Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatini qayta tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin.
Bunda, sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish yig‘ma bo‘limlari shtat birliklarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida tegishli shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirish nazarda tutilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ (milliy organ) hisoblanishi;
“issiqxona gazlari savdosi”ni tartibga solish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda loyihalarni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul organ sifatida ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi “issiqxona gazlari savdosi” sohasida davlat tomonidan tartibga solish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishchi organ hisoblanadi.
Bunda, ishchi organ uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va yuritish, “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimini joriy etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uglerod birliklarini sotish va sotib olishni tartibga solish faoliyatini amalga oshiradi;
b) “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimi 2024-yil 1-iyundan tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi hamda 2025-yil 1-yanvardan energetika va sanoat tarmoqlarida to‘liq joriy qilinadi;
v) respublika hududida amalga oshirilgan loyihalar asosida uglerod birliklarini xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazish va xalqaro “issiqxona gazlari savdosi” ixtiyoriy bozorlariga savdoga chiqarish uchun yo‘naltirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimi, issiqxona gazlari kvotasi milliy rejasi hamda uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va joriy qilish masalalarini qamrab oluvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab kimyo sanoatini tartibga solish va muvofiqlashtirish funksiyalari quyidagicha taqsimlanadi:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:
kimyo sanoatida islohotlarni amalga oshirish, tarmoqda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va talab yuqori bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish;
kimyo sanoatida siyosatni belgilovchi strategik hamda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish va islohotlar dasturlari, shuningdek, boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va ularning operatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;
kimyo sanoati korxonalarini asosiy xomashyo bilan ta’minlash prognozlarini, shu jumladan ishlab chiqarish va resurs balanslarini shakllantirish hamda ijrosini muvofiqlashtirish;
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga:
kimyo sanoati tarmog‘idagi loyihalarga zamonaviy yuqori texnologiya uskunalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
kimyo sanoati korxonalarida texnik standartlarni ishlab chiqish;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga:
davlat ulushiga ega bo‘lgan tarmoq korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish, shu jumladan korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish;
davlat ulushiga ega bo‘lgan tarmoq korxonalarini xususiylashtirishni tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) ikki oy muddatda ilovaga muvofiq kimyo sanoati korxonalaridagi “O‘zkimyosanoat” AJning aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zkimyosanot” AJ ulushi (aksiyalari) mavjud bo‘lgan barcha korxonalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
kaustik soda, kalsiylangan soda, qurilish oynasi, texnik kerosin, neft parafini, formalin mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan monopolist korxonalar tomonidan faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning ro‘yxatidan (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) chiqarish;
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga tovar-xomashyo birjalari savdolariga ruxsat etiladigan tovar va xomashyolarga mezonlar va tavsiflarni belgilash hamda Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini berish.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Tovar-xomashyo birjalari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin hamda unda, shu jumladan, tovar-xomashyo birjalarining faoliyat yuritish tartibi va xususiyatlari, birja orqali sotiladigan tovarlarga qo‘yiladigan talablar, moliyaviy hosilaviy instrumentlarni chiqarish mexanizmlari nazarda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qarori 6-bandining “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qo‘chqorov) bir hafta muddatda “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish tariflarini “O‘zbekgidroenergo” AJning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun yetarli miqdorda tasdiqlasin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini;
ikki oy muddatda Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.