• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Hasanov Abdirashid Saliyevich

"Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari

Tarjimai holi:

1958-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 1983-yilda Toshkent politexnika institutini va 1991-yilda Moskva po‘lat va qotishmalar institutini tugatgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – rangli metallar metallurgiyasi. Ilmiy darajasi – professor, RAFA akademigi, XEXFA a’zosi

Davlat mukofotlari: 2000-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni va 2017-yilda “Ixtirochilik uchun” BIMT oltin medali (Jeneva sh.) bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati:

1975-1976 yy. – OTMK Qo‘rg‘oshin koni Mexanika sexining ekskavatorlarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar o‘quvchisi, chilangari

1976-1978 yy. – Armiya xizmati

1978-1980 yy. – OTMK MTMZ Temirchilik-payvandlash sexining yig‘uvchi chilangari

1980-1983 yy. – OTMK Rux zavodi Jihozlar bo‘limi yuklovchisi, chang-gazlarni tutib qoluvchi jihozlarga xizmat ko‘rsatuvchi operator

1983-1984 yy. – Toshkent politexnika instituti Rangli metallar metallurgiyasi kafedrasi assistenti

1984-2001 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti Rangli metallar metallurgiyasi kafedrasi kichik ilmiy xodimi, assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, Metallurgiya va kimyo bo‘limi mudiri

2001-2012 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti dekani

2012-2015 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik ishi kafedrasi mudiri, xalqaro munosabarlar bo‘limi boshlig‘i

 2015-2018 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti Metallurgiya kafedrasi mudiri, professor

 2018-2019 yy. – “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari - Nodir metallar va qattiq qotishmalar texnik markazi boshlig‘i

2019 - h/v. – “Olmaliq KMK” AJ bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari

Vazifalari:

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish, shuningdek qattiq qotishmalar, nodir, qimmatbaho hamda rangli metallar sohasiga oid amaliy tadqiqot dasturlarini bajarilishida, innovatsion ishlanmalar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishda ishtirok etish;
  • Chet el va mahalliy ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda kombinat bo‘yicha shakllangan muammoviy masalalarni hal qilish;
  • Sifatli mahsulot ishlab chiqarishda yangi texnika, usul va texnologiyalarni yaratish bilan bog‘liq tajriba-sanoat tadqiqotlarini olib borish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
  • Ilmiy-texnik ishchi-xodimlarni malakasini oshirish va oliy toifali ilmiy kadrlarni tayyorlash bilan bog`liq masalalarni muvofiqlashtirish.
Text to speech