Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisi
Tarjimai holi
1966-yil 9-iyulda tug‘ilgan.
1991-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1983-1984 yy. - “BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 19-sonli Qurilish boshqarmasi duradgori, Toshkent shahri.
1984-1986 yy. - Armiya safida xizmat.
1986-1989 yy. –“BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 19-sonli Qurilish boshqarmasi duradgori, g'isht teruvchisi, Toshkent shahri.
1989-1990 yy. –“BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 68-sonli Qurilish boshqarmasi ustasi, ish boshqaruvchisi, Toshkent shahri.
1990-1991 yy. –“Toshkenttiklanish” DKQT 2-sonli Qurilish boshqarmasi bosh muhandisi, Toshkent shahri.
1991-1997 yy. –“Saxovat” kichik korxonasi direktori, Toshkent shahri.
1997-1998 yy. –Davlat statistika departamenti Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, Toshkent shahri.
1998-2001yy. –O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot va qurilishni tashkillashtirish boshqarmasi qurilishni tashkillashtirish va qurilish me’yorlari bo‘limi boshlig'i, tahlil va prognoz qilish bo‘limi boshlig'i, shartnomaviy munosabatlar bo‘limi boshlig'i, Toshkent shahri.
2001-2012yy. – Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Yig'ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Toshkent shahri.
2012-2017yy. – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi Investitsiyalar departamenti boshlig'i, Navoiy shahri.
2017-2017yy. –“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Navoiy shahri.
2017-2018yy. – “O’zbеkiston mеtallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi.
2018y.- h/v. – “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi.
Vazifalari:
Ustav asosida “Olmaliq KMK” AJ (keyingi oʻrinlarda “Kombinat” va/yoki “Jamiyat”) joriy faoliyatini boshqaradi hamda Kombinatga yuklatilgan vazifalar va rejalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv Kengashi va Jamiyat Boshqaruvi vakolatiga kirmaydigan Jamiyat faoliyatining barcha masalalari boʻyicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi;
Boshqaruv faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, uning aʼzolari oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Boshqaruv tomonidan asoslangan va samarali qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi, Boshqaruv yigʻilishlariga raislik qiladi, Kombinat Ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qiladi;
Jamiyat nomidan harakat qiladi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi;
Jamiyat tarkibiy boʻlinmalari, korxonalari, filiallari, vakolatxonalari rahbarlarini tayinlaydi;
shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi va Jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
bitimlar (shartnomalar) tuzish, shu jumladan Jamiyat tomonidan mulkni sotib olish, boshqa shaxsga berish yoki boshqa shaxsga berish imkoniyati bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, agar bunday bitimlarning (shartnomalarning) qiymati Jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn besh foizidan oshmasa, bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanaga buxgalteriya hisobotiga muvofiq belgilanadi;
Jamiyatning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati uchun javobgar hisoblanadi;
Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
xodimlarning belgilangan soni doirasida Kombinatning ish haqi fondi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Kombinatning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Kombinat boshqaruv organlarining chaqirilishini tashkil etadi;
belgilangan tartibda boshqaruv raisining oʻrinbosarlarini, Markaziy apparat departamentlari, boʻlimlari, xizmatlari va Kombinatning tarkibiy boʻlinma rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, ularni xizmat safarlariga yuboradi va ularga taʼtillar beradi;
Yuridik departament, Investitsiyalar va kapital qurilish departamenti, Barqaror rivojlanish departamenti, Ijro apparati kotibiyati, Texnik nazorat xizmati, Fuqaro muhofazasi otryadi, Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi, Axborot xizmati kabi boʻlinmalarning faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Kombinatning taʼsis va lokal hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.