Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Mamatov Bexzod Abdugafurovich
Mamatov Bexzod Abdugafurovich

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Tarjimai holi:

1985-yili Jizzax viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda Toshkent moliya institutini va  2021-yilda Koryo universitetini (Koreya Respublikasi)  tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit, buxgalteriya hisobi, rivojlanish va hamkorlik, moliya va soliq siyosati.

Mehnat faoliyati

2010 - 2012 yy. - Jizzax politexnika instituti “Ishlab chiqarishda boshqaruv” kafedrasi assistenti

2012 -2013 yy. - Sirdaryo viloyati "Sirdaryo maxsus trans texno" MCHJ iqtisodchisi

2013 - 2013 yy. - Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi”  kafedrasi assistenti

2013 - 2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bosh iqtisodchisi

2017 - 2019 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

2019 - 2019 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

 2019 - 2021 yy. - Koreya Respublikasining Koryo universiteti magistranti

2021 - 2023 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Geologiya va metallurgiya sanoati rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

2023 - 2024 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Strategik rivojlantirish va investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi, Togʻ-kon sanoatini rivojlantirish departamenti boshligʻi

2024 - h.v. - “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Vazifalari:

funksional majburiyatlarga muvofiq Kombinatning moliyaviy resurslari va mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi;

boʻysunuvidagi boʻlinmalarning Kombinatning tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

boʻysunuvidagi boʻlinmalar funksional majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

Kombinat ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining bajarilishini, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini taʼminlaydi;

Kombinatning shtatlar, moliyaviy intizomi va xarajatlar smetalariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

Kombinatning moliyaviy siyosatini belgilaydi, uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

moliyaviy resurslarning holati, harakatlanishi va maqsadli ishlatilishi, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalari va soliq majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

zarurat boʻlganda, kredit tashkilotlari bilan kreditlar, qarzlar va h.k. masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;

pul mablagʻlarining istiqbolli va joriy rejalarini va byudjetlarini tuzishga rahbarliq qiladi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;

yangi biznes yoʻnalishlari, yangi bozorlarni oʻzlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

Kombinatni obyektiv rivojlantirish strategiyasini va rivojlantirish rejasining asosiy boʻlimlarini ishlab chiqadi;

Kombinatning axborot texnologiyalari (raqamlashtirish) sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Kombinatni raqamli transformatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va qabul qilinishini muvofiqlashtiradi;

Kombinat faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini muvofiqlashtiradi, biznes va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshiradi;

hujjatlar aylanmasining minimallashtirilishi va telekommunikatsiya tannarxining pasaytirilishini, Kombinat faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etilishi, biznes va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligining oshirilishini muvofiqlashtiradi;

raqamli transformatsiya loyihalarini hamda chora-tadbirlar ijrosini, “Elektron hukumat” tizimini joriy etishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

barcha davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalar va korxonalarda ishonchnoma va ushbu Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida Kombinat faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha kombinat manfaatlarini ifodalaydi;

investitsiya loyihalarini va qurilish maydonchalarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga kiritilgan loyihalarni, shu jumladan loyihaoldi va loyihalash-tadqiqotchilik, qurilish-pudrat ishlari, qurilish sohasidagi konsalting va boshqa turdagi ishlar va xizmatlarning amalga oshirilishiga taalluqli boʻlgan investitsiya loyihalari va shartnomalar/kontraktlarni, shu jumladan ularga qoʻshimcha bitimlarni imzolaydi hamda keyinchalik shartnoma va kontraktlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishini nazorat qiladi;

Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisining tezkor va alohida topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajaradi;

boʻysunuvidagi boʻlinmalarning ijro intizomini taʼminlaydi;

Kombinatning iqtisodiy, moliyaviy va transformatsion faoliyati bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

Boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya boʻyicha birinchi oʻrinbosari unga yuqorida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi hamda Kombinatning moliyaviy holati uchun javobgar hisoblanadi.

Text to speech