• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Chinoz tumanida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda

24 Mart 2025, 13:56 63

“Dolzarb oylik” doirasida OKMK rahbariyati biriktirilgan Chinoz tumanida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, tumanda har bir mahallada yetakchi tadbirkorlarni biriktirish orqali aholi tomorqalarida “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishini tashkil etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

- tumanda 2022-2024 yillar davomida jami 1780 ga yer maydonlari ijara asosida berilgan bo‘lib, 5420 ta fuqaro dehqon xo‘jaliklari tashkil qilinib, ajratilgan yer maydonlarida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish rejalashtirilgan. Misol uchun, tumanning “Mevazor” MFYda ijara asosida berilgan 30 sotixli yer maydonlarida 10 ga yer maydonda 30 sotixlik issiqxonalar tashkil qilinmoqda. Hozirgi kunda 3 ga yer maydonidan ortiq joyda issiqxona qurib, bitkazilib sabzavot mahsulotlari, rediska ekilib sotish jarayoniga keltirilgan.

Tumanda mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamlazorlashtirish, ariq va zovurlarni tozalash bo‘yicha ommaviy hashar va madaniy tadbirlarni tashkillashtirish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi.

55ta MFYda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida aksiya va hashar tadbirlari tashkil etilib, unda aholi va korxona tashkilotlar faol ishtirok etishdi.  Xususan, 138 ta obyektlar  - 46ta maktab, 48ta bog‘cha, 10ta poliklinika va 34ta boshqa tashkilotlarning atroflari obodonlashtirildi. 378ta ko‘chalar chiqindilardan tozalandi. 38,4 km lotok, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalanib, 2,7 km qismi betonlandi.

OKMK va tuman hokimligi mas'ullari tomonidan “Yallama” MFYni joyiga chiqib o‘rganilganda, mahallada  329ta xonadon, 1950 nafar aholi, 29,2 ga tomorqa yer maydoni mavjud bo‘lib, tomorqalar to‘liq ekishga tayyor holga keltirilgani, ekish ishlari olib borilayotgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, mahallada 2,9 km aholi xonadonlariga kiradigan ariq suvi uchun kichik zovurlar bo‘lib, hozirgi kunda ushbu ariqlar tozalanib, suv kelishiga tayyorlandi. Mahallaga kirishdagi markaziy “Beshchinor” ko‘chasi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirilgan va meva ko‘chatlari ekilgan, ariq va zovurlar tozalangan. Tomorqasi mavjud bo‘lgan xonadonlardan 208 tasining 18,5 gektarlik tomorqasiga (63,3%) ertagi sabzavot ekinlari ekilgan va ekilish jarayonida. 25ta xonadonda 2-3 sotixdan bo‘lgan yengil turdagi issiqxonalar mavjud bo‘lib, issiqxonalarda sabzavot va ko‘chatlar ekilgan.

“Birlik” va “Madaniyat” MFYlarni joyiga chiqib o‘rganilganda 3-4ta xonadonda bugungi kunda yerga ishlov berilmaganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu kamchilikni tezda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shu vaqtning o‘zida hokim yordamchisi tomonidan motokulьtivator olib kelinib, shudgorlash ishlari amalga oshirildi.

Tumanda “Yashil makon”  loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil etish, kambag‘al oilalar xonadonlariga ekish uchun mevali daraxtlar ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha ham bir qator amalga oshirilgan. Jumladan, “Yashil makon” loyihasi doirasida bahor mavsumida 576,7 ming tup har xil turdagi ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 218,3 ming tup ko‘chat ekildi. Shuningdek, mahallalarga 84.0 ming dona daraxt nihollari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 19 mart holatiga 62,8 ming dona ko‘chatlar ekildi. Ekish ishlari davom etib, ekin ishlarini muddatida tugatish nazoratga olingan.

Tuman mahallalarida mini-traktor va motokulьtivatordan foydalangan holda aholi tomorqalarini ekin ekishga tayyorlash ishlarini tashkil etish hamda ularga usta dehqonlar va agronomlarni biriktirish bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.

Tumanda jami 55ta MFY da tomorqasi mavjud xonadonlar 24 400ta bo‘lib 2200 ga tomorqa yer maydoniga ega. Hozirgi kunda 1571 ga yer maydoni ekishga tayyor holda, 305 ga yer maydoniga ekin ekilgan. 

Suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan mahallalarni sug‘orish tizimi bilan ta'minlash bo‘yicha loyihalarni Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlash bo‘yicha bir qator ishlari amalga oshirildi.

Xususan, tumandagi Usmon Nosir, “Qir”, “Islomobod”, “Kanalobod” va “Ulug‘vor” MFYlar og‘ir mahalla toifasiga olingan. Sug‘orish ishlari bo‘yicha 5ta og‘ir MFYda jami 5,7 km zovurlar tozalanib, qazilib, betonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

“Usmon Nosir” MFY da 550 metr zovur qazilib, betonlashtirish ishlari  yakunlandi. “Qir” MFYdagi 2000 metr zovurdan 700 metri betonlashtirildi. “Islomobod” MFYda esa 2000 metr zovur qazilib, betonlashtirish rejalashtirilgan.1000 metr  zovurlar qazilib, tozalandi. “Ulug‘vor” MFYda sug‘orish ishlari amalga oshirilmagan. “Kanalobod” MFYda 1200 metr zovur Qozog‘iston Respublikasi hududida bo‘lib, tegishli tashkilotlardan ruxsatnomalar orqali maxsus texnikalar kiritilib, tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman mahallalarida aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan mikro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham bir qator ishlar bajarilgan.

Jumladan, 2025-yil Chinoz tumani mahallalarida aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan 2200ta mikro loyihalar rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-mart oylariga 550ta mikroloyihalar rejalashtirilgan. 19-mart holatiga 2025-yil 564 loyiha amalga oshirilgan yoki reja 102,5% foizga bajarilgan. Natijada 1148ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ma'lumot uchun: Tumanda jami 55 ta mahalla 29,7 ming xonadon, 147 500 aholi mavjud bo‘lib, shundan 24 400 ta xonadonda 2 200 ga yer tomorqa maydoni mavjud.

Tumandagi jami 55 ta MFYga viloyat va tuman tashkilot rahbarlari ma'sul etib biriktirilgan.

Shuningdek, Davlat rahbarining topshirigʻi bilan ogʻir hududdagi mahallalarda sayyor qabullar oʻtkazilishi boʻyicha reja-jadvali ishlab chiqilgan boʻlib kuni kecha Chinoz tumani "Islomobod" mahallasida "Olmaliq KMK" AJ hamda  Chinoz tumani hokimligi, Xalq qabulxonasi masʻullari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda 70 ga yaqin tuman aholisi qatnashib, oʻz muammolari va takliflari bilan murojaat qildilar. Har bir murojaat masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, yechim topish choralari koʻrildi.

Bundan tashqari, aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish va bandligini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, tijorat banklari hamda hokim yordamchilari tomonidan aholi tomorqalarini ekin ekishga tayyorlash, mini-traktor va motokultivatorlardan foydalanish, ularga usta dehqonlar va agronomlarni biriktirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu