"Olmaliq KMK" AJ " Angren quvur zavodi 2013 yilda Toshkent viloyatining "Angren" Maxsus industrial zonasida turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqarish maqsadida barpo etildi.
Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 8000 tonnani tashkil etadi. Asosiy xom ashyosi tarkibida 99,99% metallga ega bo’lgan mis katodi (GOST 546) hisoblanib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik konchilik-qayta ishlash korxonalaridan biri hisoblanadigan "Olmaliq KMK" AJ tomonidan yetkazib beriladi.
Hozirgi kunda korxona uymshoq, yarimqattiq va qattiq holatdagi turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot eksportga (85%), hamda ichki bozorga (15%) chiqarishga mo’ljallangan.
Maqsad:
- mahalliy mis quvurlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
- ishlab chiqarilayotgan mis mahsuloti nomenklaturasini oshirish;
- yangi ish o’rinlari yaratish;
- mis mahsulotiga yuqori qo’shimcha qiymatni ta'minlash;
- eksport salohiyatini oshirish.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot O`z Dst 3348:2018 normativ hujjatiga mos keladi.
Qo’llanilish sohasi:
Mis quvurlardan turmushda, ishlab chiqarishda, qurilish ishlarida, suv, issiqlik kommunikasiyalari o’tkazganda, iqlim jihozlari o’rnatilganda, shu jumladan quyidagi sohalarda keng foydalaniladi:
- sovuq va issiq suv ta'minoti;
- suvli isitish va suvli issiq pol tizimida;
- siqilgan havo va gaz quvur o’tkazgichlarida (gaz ta'minoti);
- moy uzatish uchun gidravlika tizimlarida;
- texnologik jihozlarini ulash tizimlarida;
- turli maqsadlar uchun mo’ljallangan dvigatellarning yoqilg’i tizimlarida.
O’zining a'lo darajada issiqlik o’tkazish xususiyatlari bilan, mis issiqlik texnikasida, muzlatish texnikasi va konditsionerlarda foydalanish uchun eng qulay material hisoblanadi.
Suyuq yoqilg’i uchun mo’ljallangan yoqilg’i o’tkazgichlarda mis quvurlari muvaffaqiyatli ishlaydi.
Bunday yoqilg’i o’tkazgichlar turmushda, masalan, gaz yoqilg’isi sifatida foydalanish mumkin bo’lmagan joylarda qo’llaniladi. Bunday sharoitlarda asosiy yoqilg’i turi suyuq mazut hisoblanadi. Mazut yonuvchan bo’lganligi sababli, yoqilg’i o’tkaznichning germetikligini ta'minlash zarur, va zamonaviy mis quvur o’tkazgichlari bu muammoni muvaffaqiyatli hal qiladi.
Mis quvurlarining afzalliklari:
- foydalanish muddatining davomiyligi (mis suv-gaz quvurlarining xizmat ko’rsatish muddati 40 yildan 80 yilgacha tashkil etadi);
- yuqori antikorroziya xususiyatlari (korroziyaga uchramaydi, natijada uzoq xizmat ko’rsatish muddatiga ega bo’ladi va quvur o’tkazgichlardan foydalanish chiqimlarini qisqartiradi);
- sezilarsiz issiqlik kengayishi;
- yuqori va past haroratni yaxshi ushlab turadi. Eng past ruxsat etilgan harorat minus 100 ºC. Mis quvurlarning eng yuqori ruxsat etilgan foydalanish harorati plyus 250 ºC yetadi. Biroq quvur o’tkazgich tizimlarida foydalaniladigan mis qo’shilmalarini eritish harorati 1000 ºC oshadi, bu esa qiyin eruvchi quvurlarga javob beradigan issiqlikka bardoshliligidan dalolat beradi;
- mustahkamligi (gidravlik shikastlanishlarga mexanikaviy pishiqligining yuqori zahirasi);
- yuqori bosimni ushlab turish xususiyati (suv ta'minoti tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday bosim qiymatlariga befarqligi). Mis quvurlari uchun yemirilish bosimi 200 atmosferadan ortiq, bu esa pishiqligining ulkan zahirasini yuzaga keltiradi;
- misning yuqori egiluvchanligi va tarangligi natijasida montajining oddiyligi va yengilligi.
Montajlashda material xarajatini har bir santimetrigacha (eng kam chiqindilar) hisoblash mumkin;
- muzlaganda eritishga yuqori chidamliligi (issiqlik- va/yoki energiya ta'minoti to’xtatilganda/uzilishlarida;
- vibrasiyalarga chidamliligi (vibrasiyalarga befarqligi, shu jumladan qishki davrda ham);
- gaz o’tkazmasligi (nafaqat suyuqliklar, balki gazlar,masalan, ksilorod ham o’tkazmasligi, bu esa isitish tizimlari va suv ta'minoti tizimlari uchun juda muhim);
- materialning eskirmasligi;
- ekologikligi (zararli va toksik birikmalar ajratmaydi) va sog’liq uchun xavfsizligi;
- 100% diffuzion o’tkazmasligi tufayli panelli isitish tizimlarida shlam hosil qilishga chidamli;
- sog’lik uchun foydali, yuqori bakterisid va bakteriostatik xususiyatlari (ya'ni quvurning ichki yuzasida bakteriyalarning o’sishiga to’sqinlik qiladi);
- tashqi estetik ko’rinishi;
- e'tiborsiz bo’lish mumkin bo’lgan birikmalarga ichki yuzasi g’adir-budirligining eng past kattaligi va mahalliy gidravlik qarshiligiga yo’qotishlar qiymatlari (mis quvurlarining g’adir-budurligi po’lat quvurlarnikiga qaraganda 100 marta past, va polimer quvurlarga qaraganda 4-5 marta past);
- ultra binagsha ta'siridan qo’rqmaydi;
- mis quvurlar foydalanib bo’lgandan so’ng to’liq qayta ishlanadi.
Sifat nazorati
Nazorat va sinovlar tayyorlanadigan joyda ko’chma uskunalar yoki jihozga o’rnatilgan o’lchov vositalari bilan, yoki laboratoriyada bajariladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini ta'minlash maqsadida, zavodning analitik laboratoriyasi, keyinchalik ISO/MEK 17025 tizimi bo’yicha sifat standartini olish uchun zarur bo’lgan kimyoviy va fizik-mexanikaviy tahlillar olib borishni ta'minlovchi, Germaniyaning "Zwik/Roell", "Spektro", "ELTRA" yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan jihozlar bilan jihozlangan.
Zavodning analitik laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi "O’zstandart" Agentligi tomonidan attestasiyalangan.