Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 14 aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-2023 yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan tarmoq va soha rahbarlariga qator topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Raqamli OKMK-2030” kontsepsiyasi”ga ko’ra, “Olmaliq KMK” AJning biznes jarayonlari va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan 27 ta chora-tadbirdan iborat 234 mlrd. so‘mlik ish rejasi tasdiqlandi va qo‘shimcha 30 dan ziyod loyihalar joriy etilmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishida raqamlashtirishning ana shunday qulay imkoniyatlar hadya etayotgan dasturiy ta’minotlaridan biri bu – 1C ERP tizimidir.
Ma’lumot o’rnida, 1C:ERP Enterprise Management – bu korxona ma'lumotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan kompleks tizimini yaratish uchun 1C: Enterprise 8 platformasi asosida ishlab chiqilgan yechim hisoblanadi.
1C:ERP tizimi orqali asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bular:
Ushbu dastur buxgalteriya, moliyaviy hisobot va ma'lumotlar konsolidatsiyasining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishga yordam beradi. Bugungi kunda kombinatning 46ta tarkibiy bo‘linmalari uchun yagona hisobot axborot tizimi yaratildi. Buning natijasida hisobotlarni va ma'lumotlarni yig‘ish, byudjetni rejalashtirishda vaqt sarfi 50 foizga qisqartirilib, ma'lumotlarda xatoliklar kamayishiga erishildi.
-Bugungi kunda OKMK rahbariyati tomonidan oldimizga global vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, kombinatda barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda - deydi “Olmaliq KMK” AJ ICHAB boshlig’i, Valiyor IRISMETOV. - Xususan, biznes jarayonlarini raqamlashtirishda qog’oz hujjatlar aylanmasi qisqartirilib, hujjatlashtirish jarayonlari to‘laqonli elektron tizimga o’tkazilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ICHAB tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, kombinatda birgina qog’oz hujjatlar aylanmasi uchun ko‘p miqdorda xarajatlar sarf etilgan. Xususan, tovar-moddiy boyliklariga buyurtma berish, ularni saqlash, talabnomalarga ko’ra kombinat korxona va bo‘linmalariga yetkazib berish qog’ozlarga buyurtma berilgan. Kombinat 1C ERP tizimiga o’tgach esa, xarajatlarni 50 foizga qisqartirishga erishildi.
Shu bilan birga, kombinatda kelayotgan yil uchun zarur bo‘lgan texnologik zarur mahsulotlarga ariza berish tizimi ham bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. Odatda har yili yil yakunida 2-3 oy davomida zarur ehtiyojlar uchun arizalar qog‘oz shaklida bosh mutaxassis tomonidan qabul qilinib, ko’rib chiqilganidan so‘nggina buyurtma berilgan bo’lsa, raqamlashtirish tizimiga o‘tganimizdan so‘ng, kelishuv jarayonlari atigi bir necha kunlarni tashkil qilmoqda. 1-avgustga qadar arizalar qabul qilish kompaniyasi to‘laqonli raqamlashtirish tizimiga o‘tkazilishi belgilangan.
OKMKdek ulkan korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlashda Moddiy texnika ta’minoti ombor xo’jaligi xizmatining to’laqonli raqamlashtirish tizimiga o’tishi muhim sanaladi. Bu yerda barcha hisob-kitob ishlari elektron tizimga o’tkazilgan bo’lib, endilikda birgina mahsulotni moddiy ruxsatnomaga ko’ra omborxonadan olib chiqib ketish uchun soatlab, joyi kelsa kunlab kutishga hojat yoq’.
Ma’lumot o’rnida, kombinatda eski, qog’oz tizimi davrida birgina korxona avvaldan buyurtma berib, Moddiy texnika ta’minoti ombor xo’jaligida saqlanayotgan zarur uskuna yoxud texnikani olib chiqib ketishi uchun dastavval moddiy ruxsatnoma orqali Ijro apparatida mutaxassis tasdig’ini olishi, shundan so’ng, omborxonaga borib, ombor xo’jaligi xodimlarining hujjatlashtirish ishlari yakunini kutishi, hisobchining qog’ozlardagi buyurtmalar va imzolar mosligini tekshiruvi tugagach qo’riqlash xizmati vakillarining imzolarni solishtirish jarayonlarini kutishiga to’g’ri kelar edi. Ombor xo’jaligi xodimlarining asosiy ishi esa hujjatlarni to’ldirishdan iborat bo’lib qolgan edi. 1С: ERP tizimi joriy etilgach, ish samaradorligi va vaqtni tejash bir necha barobarga ortdi. Jumladan, ekspeditorlar korxonaga kerakli tovar-moddiy boyliklarni olishi uchun avval Ijro apparatida muhandisning imzosini soatlab kutgan bo‘lsa, endilikda moddiy talabnomalar onlayn tarzda jo‘natiladi. Mutaxassis tasdig’ini olgach, ekspeditorlar ombor xo‘jaligiga kelishadi. Bu yerda ham ilgari 7-8 ta imzoni o’z ichiga olgan har bitta tovar uchun moddiy ruxsatnomalar 4 nusxada tayyorlanishini kutish kerak bo‘lgan bo‘lsa, endilikda hujjat to‘ldirish ishlarining barchasi onlayn tizim orqali amalga oshirilmoqda. Natijada ombor xo‘jaligi xodimlari 1 kunda 5-6 ta emas, 10-15 tagacha korxonalarga moddiy-tovarlarni chiqarishga erishmoqda. Bu esa kombinat ishlab chiqarish jarayonida muhim bo‘lgan uskunalrning vaqtida yetkazilishini ta’minlab, ish unumdorligini ikki hissa oshishiga olib kelmoqda.
ОКМКda 1 C ERP platformasida “Xaridlarni boshqarish va ombor hisobini yuritish” tizimining joriy qilinishi natijasida:
Bu esa OKMKda biznes jarayonlarini 25 % ga optimallashtirdi. Omborlarda qolgan materiallar esa 15 % ga kamaytirildi.
Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, O'zbekistonda IT sohasida faoliyat yuritayotganlar 1 soatda o'rtacha 30 ming so'm ishlab topadi. Kombinat miqyosida tejab qolingan vaqtlarga nimalarni amalga oshirish mumkinligini esa tasavvur qilish qiyin emas. Bir so'z bilan aytganda, OKMKda 1 C ERP tizimining joriy qilinishi bilan ish unumdorligi bir necha barobarga ortmoqda.
Axborot xizmati