• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-MBF: Zamonaviy biserli vertikal tegirmonlari o‘rnatilmoqda

23 May 2024, 8:19 1561

“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik-1“ konini o‘zlashtirish investitsiyasi loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda texnologik uskunakalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda fabrikada zamonaviy yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan 6 dona HPGR yuqori bosimli valokli maydalagichlari o‘rnatilmoqda. Ushbu maydalagichlar 3-bosqich yaʼni mayda maydalash jarayonida ishlatilib qabul qilingan fraksiyasi 60 mm dan kichik ruda bo‘laklarini 6 mm o‘lchamgacha maydalab beradi. Uskuna ishlab chiqarish quvvati soatiga 3085 tonnadan iborat.

Shu bilan birga fabrikada Metso Outotec kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 6 dona (HIG Mill) biserli vertikal tegirmonlarini o‘rnatilish ishlari amalga oshirilmoqda. Soatiga 88 tonna yarim tayyor boyitmani mayin yanchish quvvatiga ega bo‘lgan mazkur uskuna anʼanaviy sharli tegirmonlarga nisbatan yengilligi, metall parchalarining yo‘qligi, past shovqin darajasi, elektr energiyasi kam isteʼmoli, po‘lat sharlar o‘rniga kam xarajatli keramik sharlar ishlatilishi va yuqori sifatli mayin yanchilgan mahsulot olish imkonini berishi kabi afzalliklari bilan ajralib turadi. Ahamiyatlisi, uning elektr dvigateli 1800 kVt quvvatga ega bo‘lib, murakkab tarkibli tog‘ jinslarini qayta ishlash va yuqori darajada minerallarni ruda tarkibidan ajratib olishga ixtisoslashgan hisoblanadi. 

3-MBF loyihasi bosh texnologi Muhriddin Nuriddinovning taʼkidlashicha, flotatsiya jarayoni rudani qayta ishlash jarayonining asosiy bosqichi bo‘lib, unda mis va molibden kontsentratlari ajratib olinadi. Ushbu bosqichdan keyin yarim tayyor boyitmalar navbatdagi bosqichga uzatiladi. Fabrikada flotatsiya jarayonida kombinatda yangi bo‘lgan texnologiya qo‘llanilmoqda.

Flotatsion boyitmalarni mayin yanchish anʼanaviy 3-bosqich sharli tegirmonlarida granulometrik tarkibi 80% -30 mikron kattalikgacha mayin yanchish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, yangi biserli vertikal tegirmonlari yordamida mayin yanchilgan mahsulotning granulometrik tarkibini 80% -20 mikrongacha mayin yanchish imkoniyatini yaratadi. 

Bunday yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash asosida yuqori sifatli boyitmalarni ajratib hamda ma’dan tarkibidan misning ajratib olish darajasi 85% dan yuqori, molibden ajratib olish esa 50% dan yuqori bo‘lishiga imkon yaratilib, mis boyitmasining sifati 18% dan yuqori bo’lishi hamda molibden boyitmasining sifati 40% bo‘lishiga erishiladi.

Kelgusida 3-Mis boyitish fabrikasida pirit konsentratini qayta ishlash uchun pirit flotatsiya boʻlinmasi va Gidrometallurgiya sexi qurilishi koʻzda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech