• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-Mis boyitish fabrikasi: qurilish faol bosqichda

12 Aprel 2022, 14:24 4474

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-2807-sonli qarori hamda 2018-yil 25-dekabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4077-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 3-Mis boyitish fabrikasini qurilishi bo‘yicha ishlar davom etmoqda va sezilarli o‘zgarishlar kuzatilayapti.

Loyihalash: HAZOP

Ayni paytda Loyiha ofisi HAZOP(loyiha maqsadlaridan potensial og‘ishlarni aniqlash, ularning mumkin bo‘lgan sabablarini ekspertiza qilish va oqibatlarini baholash uchun mo‘ljallangan) tadqiqotlarini o‘tkazmoqda. Ish asosiy injiniring pudratchi – WOOD(https://www.woodplc.com/) kompaniyasi hududida amalga oshirilayapti. WOOD energetika va antropogen muhit, konsalting va muhandislik sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi. O‘zida 40 ming ishchi-xodim jamlagan mazkur korporatsiya 60 dan ortiq mamlakatlarda mijozlar uchun maslahatlar beradi va operatsion yechimlarni taklif etadi.Tadqiqotda loyiha rahbarlari  ishtirok etishadi. Tadqiqot natijalari loyihaning asosiy muhandisligi uchun loyiha hujjatlarining to‘liq to‘plami bo‘ladi.

Qurilish: Yirik ruda maydalash ombori va o‘rta maydalash korpusi

Joriy yilning mart oyida 3-MBF qurilishida sezilarli o‘sish dinamikasi kuzatildi. Aynan poydevor va armirlash bo‘yicha ishlari o‘zining faol bosqichiga chiqdi.

Yirik ruda maydalash ombori(YRMO) 350 mm fraksiyagacha bo‘lgan katta hajmli rudani saqlash uchun yetarli bufer sig‘imiga ega ob'yekt. Ushbu ob'yekt maydalashning keyingi bosqichlari uchun uskunalarning uzluksiz va oqilona ishlashini ta'minlaydi.

Ayni damda bo‘lajak omborning yaruslari va devorlarini jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bosqichma-bosqich opalubkalarni montaj qilish va beton quyish ishlari bajarilayapti.

O‘rta maydalash korpusi(O‘MK) - maydalashning 2-bosqichini ta'minlash uchun mo‘ljallangan ob'yekt bo‘lib, bu yerda rudalar 60 mm gacha maydalanadi.

Uskunalar uchun beton asosni tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Birinchi maydalash uskunalarini yetkazib berish va montaj qilish ishlari joriy yilning iyun oyida kutilmoqda.

Resurslar: Personal va texnika

Loyihaga jami 1500 nafardan ortiq ishchi va 250 dan ortiq og‘ir uskunalar jalb qilingan, shu jumladan, gusenitsali samosvallar, avtokranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton aralashtirgichlar va boshqalar.

Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun safarbarlik rejasiga muvofiq yangi avtotexnikalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech