• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK:Birinchi uskuna keltirildi

26 Avgust 2022, 12:31 2346

OKMK tomonidan megaloyiha sifatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasiga joriy yilning avgust oyida birinchi uskuna keltirildi.

Bugun OKMK tomonidan respublikada yirik masshtabli loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuvlari va mexanizmlarini joriy etish orqali 2024 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan, qiymati 2 mlrd dollar bo‘lgan mazkur fabrika qurilayapti.

Joriy yilning avgust oyida mazkur obyektga KSD-3000 maydalagichining birinchi uskunasi montaj qilindi. KSD-3000 konusli o‘rta maydalagichi metall ishlab chiqarishda rudalarni maydalash zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tipdagi maydalagichlardan fabrikaga jami bo‘lib 8tasi o‘rnatiladi. Hozirda 2- va 3- maydalagichlarni o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur megaloyihaning global maqsadi - atrof-muhit va inson salomatligi uchun qayg‘urish, jamiyatning barqaror rivojlanishi, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, qashshoqlikni bartaraf qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlashga qaratilgan. 3-MBF rudalarni kompleks qayta ishlash mis, molibden, kumush va oltinni yakuniy konsentratdan ajratib olish uchun xizmat qiladi. 3-MBFni qurilishi va ishga tushirilishi OKMKning maxsus tarkibiy bo‘limi – loyiha ofisi zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu vazifaga yirik ilmiy–texnik salohiyatga ega global gigantlarni va xalqaro tajribaga ega yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni sherik sifatida jalb qilgan holda kirishilgan. 3-MBFni ishga tushirish uchun loyihalarni boshqarish va tashkiliy rivojlantirish metodologiyalarining ilg‘or yechimlari joriy yetilgan.

Uskunani tayyorlash Buyurtmasining qat'iy nazorati ostida olib boriladi

OKMK mutaxassislari uskunalar ishlab chiqaruvchisi hududida muntazam tekshiruvlar o‘tkazadilar. Nazorat tadbirlarini amalga oshirish O‘zbekistonga yuklash va jo‘natishdan oldin bevosita ishlab chiqaruvchidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. O‘rnatish ishlab chiqaruvchi vakillari ishtirokida amalga oshirildi.

Sanoat korxonalarini qayta qurollantirish

O‘zbekiston tarmoq korxonalarini qayta qurollantirishga, tog‘ konchilik korxonalarining quvvatlarini yuksaltirishga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Muhim kon qazib olish korxonalari tizimlaridagi o‘zgarishlar qabul qilib borilayotgan qarorlarning mahsulidir, aynan loyihalarni boshqarish sohasida  dunyodagi eng yaxshi amaliyotlarning qo‘llanishidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qaroriga va 2018 yil 25 dekabridagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan OKMKda eng yirik investitsiyaviy loyiha ijrosi  qizg‘in olib borilmoqda. Mazkur loyihaning asosiy obyektlaridan biri esa shaksiz 3-MBFni bunyod etish hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech