Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Avval xabar berilganidek 2022 yil kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Belarus davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichning tashrifi davomida bir qator sohalarda hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish muhokama etilgan edi.
Jumladan Belarus davlati tomonidan “Moviy togʻlar” yozgi dam olish zonasiga ekologik toza zamonaviy yogʻoch uylar korpuslarini yetkazib berish masalasi ham koʻrib chiqilgan edi.
Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 8 iyun kuni «Беллесбумпром» konserni raisi oʻrinbosari Gennadiy Dikoviskiy boshchiligidagi delegatsiya kombinatga keldi.
Delegatsiya tarkibida «Завод газетной бумаги» respublika unitar korxonasi direktori Yuriy Luka, Uylarni va kichik arxitektura shakllarini qurilishini amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi Alla Kuzmenkova, «Лидастройматериалы» OAJ direktori Andrey Mutilovich, «Белпромпроект» UK direktori oʻrinbosari Aleksandr Sushenyalar iborat delegatsiya a’zolari dastlab Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlariga, yangi barpo etilyotgan 3-mis boyitish fabrikasiga borishdi.
Shundan soʻng, mehmonlar kombinatning dam olish obektlarida Belarus yogʻoch uylaridan foydalanish boʻyicha loyihalar va takliflarini taqdim etdilar. "Moviy togʻlar" dam olish maskani binolarining loyihalari bilan tanishishdi. OKMK rahbariyati va delegatsiya a’zolari hamkorlik yoʻllarini kengaytirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.
Ma’lumot uchun, «Bellesbumprom» konserni turli mulkchilik shaklidagi 50 ga yaqin tashkilotlarni birlashtiradi va ularni boshqaradi. Jamlama korxonalar respublika bozorida yogʻoch va qogʻozdan tayyorlangan bir qator tovar buyumlarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridir.
Konsern korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati hozirda uchta sohaga boʻlingan: yogʻochni qayta ishlash, mebel ishlab chiqarish va pulpa-qogʻoz sanoati.
Hozirgi kunda rekonstruksiya ishlari olib borilib, mazkur dam olish maskani toʻliq yangi qiyofaga keltiriladi. Kemping (uycha) lar ham butkul yangilanadi. Kombinat ishchi-xodimlari yozning issiq jazirmasida bahavo boʻlgan dam olish maskanida miriqib dam olishadi.
Mazkur dam olish maskani Qurama togʻlar bagʻrida joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Qurama togʻlar tizmasining oʻrtacha balandligi 3 km, eng baland choʻqqisi esa 3767 m. Yana bir muhim jihat ushbu togʻning choʻqqisida doimiy ravishda qor boʻlib, ushbu qor uzunligi 236 km boʻlgan Ohangaron(Angren) daryosining suv manbaidir.
OKMK Axborot xizmati