Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 15-fevral kuni Buyuk Britaniya davlatining konchilik sanoati bo‘yicha delegatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘lishdi.
Mehmonlar va kombinat rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan uchashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Kombinat boshqaruv raisi Abdulla Xursanov delegatsiya a'zolarini tashrif bilan qutlar ekan, bugungi kunda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarga to‘xtalib, ko‘plab jabhalarda, xususan konchilik va metallurgiya sanoatida ham bu ikki davlatning o‘zaro do‘stona hamkorligi haqida ham aytib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng, Buyuk Britaniyaning qator kompaniya vakillari va delegatsiyaning boshqa a'zolari Qalmoqqir konining kuzatuv maydonida bo‘lishdi.
Ulkan konda olib borilayotgan ma'danlarni qazish va tashish ishlarini kuzatar ekan, britaniyaliklar, kombinatning konchilik istiqboli yorqin ekanligiga guvoh bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, delegatsiya a'zolari bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini ko‘rishdi.
Ma'lumot uchun: Buyuk Britaniyaning SRK Consulting xalqaro kompaniyasi va OKMK hamkorligida Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida JORC kodeksining xalqaro standartlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, zahiralar bo‘yicha o‘ta aniq hisobotlar taqdim etilgan.
Axborot xizmati