Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta'minlashga mas'ul bo‘lgan xodimlar uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbirda Prezidentimizning 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar tahlil etildi.
Seminarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Axborot xizmati 1-toifali veb muharriri Sanobar Avazova ham ishtirok etdi.
Farmonga binoan Ochiqlik indeksi joriy etilib, 8 ta indikator bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan tashkilotlar rag‘batlantiriladi, salbiy ko‘rsatkich qayd etganlar esa javobgarlikka tortiladi. Qolaversa, ochiqlikni ta'minlash borasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berilgan.
Farmonga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan ustav kapitalida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlarida va davlat unitar korxonalarida ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasi quyidagi 8 ta indikator asosida baholab boriladi:
Farmonga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi shakllantirilib, “eanticor.uz” elektron platformasi va OAV orqali ochiq e'lon qilib boriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik darajasi “0” balldan “100” ballgacha reytingda baholanib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Ma'lumot uchun: 2022-yilning 2-yarim yilligida ochiqlik indeksi bo‘yicha baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan bo‘lib, ulardan 21 tasi vazirlik, 14 tasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, 32 tasi davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda 19 tasi qo‘mita va agentliklar. Baholangan tashkilotlarning 15,18%i yashil toifa, 44,51%i esa sariq 27,31%i qizil toifaga ajratilgan.
Ikki kun davom etgan seminardan asosiy ko‘zlangan maqsad ishtirokchilarning ochiq ma'lumotlar siyosati va uni amalga oshirish mexanizmlari sohasidagi salohiyatini oshirishdan iborat. Seminarda ochiqlik indeksi natijalari atroflicha tahlil etildi. Shu asosda ochiqlikni tam'inlash sohasidagi ijobiy tajribalarini ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, seminarda ochiqlikni ta'minlashga mas'ul bo‘lgan xodimlari faoliyatini samaradorligini oshirish borasida ham zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
Axborot xizmati