Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniya davlatining bir qator kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda Germaniyaning BASF konserni, Helaba banki, “Menzel”, Takraf GmbH kabi kompaniyalari bilan bir qator manfaatli shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, Chirchiq shahrida kombinat va Germaniya davlati bilan hamkorlikda “Deutsche IT-AGMK” qo‘shma korxonasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi uchun Germaniyaning AUMUND Fördertechnik kompaniyasi tomonidan 54 dona zanjir tasmali plastinasimon konveyr lentalarini ham yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Yildan-yilga kombinat va Germaniya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 20-fevral kuni “Mangold Consulting” konsalting kompaniyasi raisi, TUI AG kuzatuv kengashining rahbari, professor Klaus Mangold boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasi kombinatga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab, Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlari hamda Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodidagi texnologik jarayon hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasiniing qurilishi bilan tanishdilar.
Shu kuni OKMK rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Axborot xizmati