"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tobora mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mazkur jarayonda OKMK markaziy o‘rinlardan birini egallayapti.
Joriy yilning 19-fevral kuni Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili Lord Jon Olderdays boshchiligidagi delegatsiyaning OKMKga tashrifi ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning amaldagi ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tashrif davomida mehmonlar OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov hamrohligida “Metallurg” madaniyat saroyi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, “Suyurlitepa yodgorligi” va kombinat muzeylarini ko‘zdan kechirishdi.
Dunyodagi eng yirik konlardan biri sanalgan Qalmoqqir koni mehmonlarning navbatdagi manzili bo‘ldi. Kondagi ishlab chiqarish jarayoni mehmonlarda katta qiziqish taassurot qoldirdi.
Qurilishiga 2017-yilda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan, hozirda kon tayyorlash ishlari amalga oshirilayotgan, ekspertlar tomonidan zahira jihatidan istiqbolli kon sifatida e’tirof etilgan “Yoshlik-1” koni ham mehmonlarni hayratlantirdi.
Investitsiya loyihasi asosida qurilgan, dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga 60 mln tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasi faoliyati bilan tanishgan mehmonlar, kombinatning kundan-kun taraqqiy etib borayotganiga guvoh bo‘lishdi.
Tashrif davomida mehmonlar kombinat mutaxassislarini qayta tayyorlab kelayotgan hamda boshqa sanoat korxonalari uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni o‘qitayotgan Muhandislik maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida tashkil etilgan ikki tomonlama uchrashuvda istiqboldagi hamkorlik aloqalari, OKMKning London fond birjasida obligatsiyalarini ilk bor joylashtirish istiqbollari muhokma etildi.
Xulosa qilib aytganda, Buyuk Britaniya delegatsiyasining ushbu tashrifi OKMK nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa sanoatining drayveri ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Bu kabi hamkorlik aloqalari kombinatning global bozordagi nufuzini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.
OKMK Axborot xizmati