Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Infografika: Murojaatlar bo'yicha 2026-yil I yarim yillik uchun ma'lumot

10 Iyul 2026, 8:42 140

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatiga 2026-yilning I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 761 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 754 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan, 326 tasi yozma, 264 tasi elektron hamda 171 tasi og'zaki shaklda kelib tushgan.

Tahlillarga ko'ra, hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarda:

- 249 tasi ishga kirish

- 206 tasi moddiy yordam ajratish

- 50 tasi ish joyini o'zgartirish

- 48 tasi ish haqi

- 33 tasi mehnat nizolari

- 27 tasi uy-joy va kommunal xizmatlar

- 23 tasi mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligiga oid

- 13 tasi maktabgacha ta'lim

- 10 tasi mahsulot yetkazishga oid shartnoma shartlarini bajarilishi

- 8 tasi yer ajratish

- 94 tasi boshqa mazmundagi masalalar ko'tarilgan.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi hamda o'rinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul kunlarida 138 nafar fuqarolar qabul qilingan.

Ko'rib chiqish natijasiga ko'ra, murojaatlarning 34 tasi ijobiy, 1 tasi huquqiy tushuntirish orqali hal etildi.

Ko'rib chiqilgan murojaatlarning 467 tasi huquqiy maslahat va ma'lumot berish orqali hal qilingan, 240 tasi ijobiy hal qilingan, 19 tasiga tegishli tartibda umumiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasi talablariga muvofiq 1 ta murojaatning ko'rib chiqilishi tugatilgan bo'lib, 2 ta murojaatlar tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yo'naltirilgan. Murojaatlarni ko'rib chiqilishida muddat buzilishi holatlariga yo'l qo'yilmagan.

Bo`lishmoq:
Text to speech