• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Innovatsion g‘oya – texnologik ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta'minlaydi

21 Noyabr 2024, 13:45 74

Bugungi kunda ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha kombinat tarkibiy bo‘linmalarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mutaxassislar tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun taklif etilayotgan innovatsion takliflar qo‘l kelmoqda.

Bu borada 2-Mis boyitish fabrikasida ham ko‘plab ishlar olib borilmoqda. 2024-2025 yil uchun energiya samaradorligini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha fabrikadagi innovatsion takliflarni tahlil etadigan bo‘lsak, bir qator takliflar ishlab chiqarishga tatbiq etilganligini kuzatishimiz mumkin.

Fabrika texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati yetakchi muhandisi Temur Inatov muallifligidagi “Konveyer tasmasining bo‘ylama yirtilishini oldini oluvchi datchik” loyihasining oladigan bo‘lsak, loyiha joriy yilda tanlovda g‘olib deb topildi. Hozirda ishlab chiqarishga joriy etilgan. Loyiha bilan tanishadigan bo‘lsak, loyiha fabrikada rudalarni tashishda qo‘llaniladigan konveyer tasmalarining yaroqsiz holatga kelib qolishini oldini olishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Konveyer tasmasining uzoq yirtilishi bo‘limning 10-20 soat to‘xtab qolishiga olib keladi, bu esa mis konsentratining umumiy ishlab chiqarilishiga ta'sir qiladi. Maydalash bo‘limida soatiga o‘rtacha 700 tonna ma'dan qayta ishlanadi. Konveyer tasmasi yirtilishi yuz berganda 12-624 metrgacha tasma yirtilishi mumkin. 1 metr konveyer tasmasining narxi 1 600 000 so‘mligini hisobga olsak,  bir marotaba mana shunday hodisa ro‘y berishi natijasida 998 400 000 so‘mgacha zarar keltirishi mumkin. Temur taklif etgan loyihaning afzalligi shundaki, konveyer tasmasining kamroq shikastlanishini, asosiy uskunalarni uzoq vaqt to‘xtashini hamda konveyer tasmasini to‘la yirtilishini oldini oladi.

Hozirgi kunda ushbu datchiklar fabrikaning o‘zida tayyorlanmoqda. Konveyer tasmasining bo‘ylama yirtilishini oldini oluvchi 1 dona datchik tayyorlash uchun 1 665 000 so‘m mablag‘ sarflanmoqda.

Bu kabi innovatsion takliflar fabrikda talaygina.

Ma'lumot uchun: bugungi kunda fabrikada jami bo‘lib 84 ta konveyr va 7634 metr konveyr tasmalari mavjud bo‘lib, Temur taklif etgan loyiha bo‘yicha tajriba sifatida bitta datchik o‘rnatildi va bu loyiha o‘zining ijobiy natijasini berdi. Yaqin kelajakda fabrikadagi barcha konveyrlarga ushbu datchiklar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech