• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Innovatsion g‘oyalar ishlab chiqarishga

29 Aprel 2024, 8:35 1066

...Keling 16 mlrd so‘mga nimalar qurish haqida hisob-kitob qilib ko‘ramiz. 2023-yilda kombinat homiyligida qurilgan “Oydin” bozori huduidagi yer osti yo‘lagiga 3,4 mlrd so‘m sarflangan.  Demak, 16 mlrd so‘mga 4,7 ta mana shunday yerosti yo‘lagini qurish mumkin bo‘ladi. Yana bir solishtirish, kombinat homiyligida to‘liq ta'mirlangan tug‘ruq kompleksiga 13,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. 16 mlrd so‘mga esa yana bitta mana shunday tibbiy maskan zamonaviy qiyofaga keltirilar ekan. Yana 2023-yilda 7,5 mlrd so‘mga kombinat homiyligida shahar ko‘chalari, turar joy va ijtimoiy ob'yektlar atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borilgan. 75 ming kv.m shahar asosiy va ichki yo‘llari asfal'tlashtirilib, obodonlashtirilgan. 16 mlrd so‘mga esa 150 ming kv.mdan oshiq yo‘llar asfaltlashtirilib, obodonlashtirish mumkin ekan. Bejiz 16 mlrd so‘mga nimalarni qilish lozimligini bir qancha misollar bilan solishtirmadik. Aynan innovasion g‘oya tufayli mana shunday katta mablag‘ iqtisodiga erishish mumkinligini kombinat mutaxassislari isbotlab berishdi.

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining bir guruh mutaxassislari tomonidan ilgari surilayotgan ratsionalizatorlik taklifi, e'tibor bering yiliga 16 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi rahbari boshchiligida mutaxassislar - Yevgeniy  Kuklyushkin, Sanjar Tuldiboyev, Akmal Abdirashidov, Dilshod  Narmanov va Abror Pardayevlar tomonidan ilgari surilgan «PE2U(M) tortuv agregatining motorli vagonning pastki ramasi» ishlab chiqarish ratsionalizatorlik taklifi mana shunday yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.

Ushbu taklif bilan qisqacha tanishadigan bo‘lsak, PE2U(M) tortuv agregatining 5TP.084,764-01 motorli samosvalning pastki ramasi motorli samosval (vagon samosval) kuzovining tarkibi hisoblanadi. Tog‘ jinslarini tashish va mexanizatsiyalashgan holda tushirish, harakatlanuvchi tarkibga tortish va tormoz kuchlarini o‘tkazish PE2U(M) tortuv agregatining ishlashi paytida doimiy yuklanishlar tufayli ko‘p hollarda  pastki ramada yoriqlar paydo bo‘ladi. Bu esa pastki ramaning sinishi, motorli vagonning qulashi va poyezdning favqulodda to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Ilgari pastki rama xorijiy valyutada sotib olingan.        

STTB mutaxassislari tomonidan taklif etilgan ushbu ehtiyot qism korxona ishlab chiqarish maydonida po‘lat markasi 09G2S, uzunligi 14700 mm bo‘lgan ikkita yaxlit dvutavr № 55B2dan tayyorlanadi. Shuningdek, siqilgan havoni o‘tkazib berish uchun pastki ramaning o‘rta qismida konstruksiyaga o‘zgartirish kiritildi.

Mazkur taklif, amaliyotga tatbiq etilsa, valyuta hisobiga import qilinuvchi ehtiyot qismni sotib olish zarurati bartaraf etiladi. Ish paytida yuzaga keladigan yoriqlar ehtimoli kamaytiriladi. Tortuv agregatlarining pastki ramalarini rejadan tashqari va ko‘p mehnat talab qiladigan ta'mirlash sonini kamayadi. Tortuv agregatlarining asosiy qismlaridan birining ishonchliligini ta'minlanadi. Texnik diagnostika, komponentlar va qismlarning kamchiliklarini aniqlash xarajatlarini kamaytirish, PE2U(M) tortish moslamalari xizmat muddatini uzayadi.

Hozirgi kunda ushbu ehtiyot qism 3-temiryo‘l sexining tajribalarni amalga oshirish uchastkasida ishlab chiqarilmoqda. Tortuv agregatlarini kapital ta'mirlash texnologik jarayoniga ko‘ra, tortuv agregatining barcha yaroqsiz qismlarini almashtirish talab etiladi. STTBda pastki ramalarning o‘rtacha sarfi yiliga 8 donani tashkil etadi.

Bugungi kunda ushbu mahsulotga talab katta ekanligini va yetishmovchilik kuzatilayotganligini, pastki rama xorijdan valyutaga xarid qilinishini hisobga olsak, mutaxassislar tomonidan taklif etilayotgan  ratsionalizatorlik taklifi g‘oyat dolzarb sanaladi.

Bugungi kunda ushbu ehtiyot qismning 1 donasi o‘rtacha 2,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda STTB sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi deyarli 500 million so‘mni tashkil etmoqda. Pastki ramalarning o‘rtacha sarfi yiliga 8 donaligini hisobga olsak yiliga 16 milliard so‘mgacha mablag‘ tejalishiga erishiladi.

2024-yilning fevral  oyida sinov tariqasida 1dona ushbu ehtiyot qism ishlab chiqarilib, amaliyotga tatbiq etildi. Hozircha ushbu mahsulot o‘zining salbiy jihatlari namoyon etmadi. Shuningdek,  bugungi kunda ushbu mahsulotni doimiy ravishda ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu taklifning ishlab chiqarishga joriy etilishi yuqorida ta'kidlaganimizdek, yiliga 16 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini yaratadi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech