• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishlab chiqarish+ta'lim =Malakali mutaxassislar

24 Oktyabr 2023, 8:20 942

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ta'lim va sanoat integratsiyasi borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida talabalar nazariy bilim olish barobarida texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, amaliy bilimlarini mustahkamlab borishadi. Bu esa o‘z-o‘zidan talabaning o‘qishni tamomlashi bilan ishlab chiqarish jarayoniga qiyinchiliklarsiz ko‘nikishiga hamda yetuk mutaxassis bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Xususan, kuni kecha mazkur yo‘nalishda "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Hamidova boshchiligida MTTU MISIS Olmaliq filialining Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish fakultetining 4-kurs talabalari kombinatning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Dastavval, talabalar kombinatda mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochilaridan biri bo‘lgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida bo‘lishdi. Bu yerda ularga zavod tarixi, quvvati va uning tarkibidagi asosiy sex va yordamchi bo‘linmalarning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, talabalar ehtiyot qismlarining tayyorlash, ularga mexanik ishlov berish hamda nostandart jihozlarga qolib yasash kabi jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi.

Navbatdagi manzil kombinat konlaridan boyitish fabrikalariga ma'danlarni, texnologik chiqit saqlash bo‘linmasiga tog‘ jinslari ustki qatlamlarini tashish vazifasini bajarib kelayotgan Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi bo‘ldi. Korxonada talabalar ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va logistika xizmati faoliyati bilan ham tanishishdi. Shuningdek, talabalar kombinatda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari doirasida temir yo‘l infrastrukturasini kengaytirish va modernizatsiyalash ishlari hamda Raqamlashtirish sohasida erishilgan natijalardan boxabar bo‘lishdi.

Bundan tashqari, talabalar elektrovozlar, teplovozlar, yo‘l va avtotraktor texnikalarini ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi boshqarmaning 3-temiryo‘l sexiga ham borishdi. Sexdagi jarayonlar ularda katta taassurot qoldirdi.

Sanoat ekskursiyasi Texnologik trasport boshqarmasida davom etdi. Talabalar “BelAz” avtosamosvali uchun kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv xonasidagi shart-sharoitlar, jihozlar, o‘quv qurollari, adabiyotlar hamda ko‘rgazmali materiallar bilan tanishishdi. Talabalar maxsus avtosimulyatorni ham boshqarib ko‘rishdi.

Shu o‘rinda ularga boshqarmaning vazifalari uning tarkibidagi sexlar, jumladan, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan bajariladigan ishlar haqida ma'lumot berildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech