Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Gender tenglik bo‘yicha Chexiya tajribasi o‘rganilmoqda

07 Iyul 2026, 16:6 217

Mamlakatimizda xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda gender tenglik, ayollar tadbirkorligi va moliyaviy inklyuzivlik sohalaridagi ilg‘or amaliyotlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, tog‘-kon sanoatida faoliyat yuritayotgan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning rahbarlik lavozimlaridagi ishtirokini kengaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tashabbusi bilan soha xotin-qizlarining malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam tashlandi. Ayni kunlarda Chexiya Respublikasining Praga shahrida tog‘-kon tarmog‘ida gender tenglik va xotin-qizlar faolligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro tajriba almashish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro dasturda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining mas’ul xodimlari, “Olmaliq KMK” AJ mas’ullari, kombinat tarkibiy korxonalarining Gender tenglik va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha raislari, shuningdek, “Navoiy KMK” AJ xotin-qizlar tashkilotlari rahbarlaridan iborat kengaytirilgan delegatsiya ishtirok etmoqda.

Safar davomida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan quyidagi asosiy yo‘nalishlar o‘rganilmoqda:
Xalqaro tajriba va gender balansi: Og‘ir sanoat va tog‘-kon tarmoqlarida xotin-qizlar uchun xavfsiz va mo‘’tadil mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha Yevropa davlatlari tajribasi.

Kasbiy va intellektual rivojlanish: Ishlab chiqarish sohasidagi ayollarning professional ko‘nikmalarini oshirish va ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash tizimi.

Ijtimoiy va moliyaviy ko‘mak: Xotin-qizlar tadbirkorligi va moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, korxonalarda sog‘lom va barqaror oila muhitini shakllantirish hamda ayollarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish strategiyalari.

Pragada o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va amaliy muloqotlar yakunida olingan ilg‘or tajribalar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tizimidagi korxonalar mehnat jamoalarida keng joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa sohada faoliyat yuritayotgan minglab xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech