• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kern saqlash ombori foydalanishga topshirildi

09 Iyun 2025, 9:28 397

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati geologlari tomonidan hozirgi vaqtda mamlakatimizning 5 ta viloyatlarida joylashgan 20 ga yaqin mis, oltin, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, nodir metallar hamda noruda konlaridan qazib olish va geologik oʻrganish ishlarini olib borilmoqda.

Kombinat geologlarining asosiy vazifalaridan biri bu tasdiqlangan zaxiralarni ishlab chiqarishga jalb qilish va zahiralar miqdorini yanada koʻpaytirish hisoblanadi.

OKMK geologlarining ma’lum qilishicha, kombinat xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida, Qalmoqqir, Yoshlik I konlari hamda Angren, Chodak va Xandiza kon boshqarmalari shaxtalarida geologiya qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Konlardagi geologiya qidiruv ishlari natijasida olingan kern namunalarini saqlash va hujjatlashtirish maqsadida, kombinat tomonidan Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib jami 60 ming kern yashiklarini saqlash uchun moʻljallangan zamonaviy koʻrinishdagi  50x25 oʻlchamdagi 2 ta  kern saqlash ombori qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu kern saqlash omborining afzalligi va zarurligi shundan iboratki, har bir konni geologik oʻrganish maqsadida, olingan kern namunalari ushbu kon oʻrganilib to kon qazish ishlari tugagunga qadir sifatli saqlanishi talab etiladi.

Namunalarni saqlash muddati 100 yilgacha davom etishi mumkin. Sababi, olingan kern namunalarida bir necha bosqichda geologik (minerologiya, petrografiya, gidrogeologiya), texnologik oʻrganish ishlari takror olib borilishi mumkin.

Buning uchun esa kern yashiklarini sifatli saqlash, quduq nomlarini oʻchib ketishini oldini olish, kern yashiklarini tartib bilan joylashtirish zarur.

Ushbu kern saqlash omborlarida barcha namunalar tartib bilan saqlanadi va geologlar tomonidan xalqaro JORC  kodeksining  talablari asosida Geologik hujjatlashtirish ishlarini maxsus (Getac) planshetlarda Avstraliyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan  MaksGeo kompaniyasining Datashed va Logchief dasturiy ta’minotlaridan foydalangan holda olib borishadi.

Bunda xujjatlashtirishda ma’lumotlar elektron interaktiv uslubda planshetlarga tushiriladi va shu zahoti qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotlar bazasiga yuboriladi.

Namunalarning har bir santimetri sinchkovlik bilan oʻrganilib,  elektron tarzda geologik hujjatlashtirish ishlari  olib boriladi. Hozirgi vaqtda kernlarni saqlashning elektron ombori ham mavjud boʻlib, unda kernlarga tegishli boʻlgan barcha ma’lumotlar saqlanadi.

Olingan kern namunalarining bir qismini tahlil qilish ishlari jahon andozalariga javob bera oladigan Qozogʻistonning “ALS Global” va Qirg’izistonning “SAEL” va boshqa laboratoriyalarida oʻtkazilgan boʻlsa hozirgi vaqtda mana shunday zamonaviy, xalqaro talablarga mos analitik laboratoriya OKMKda qurilib foydalanishga topshirish arafasida.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech