Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sportning jangovar turlaridan sanalgan Shotokan karate-do turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilgan ushbu xalqaro musobaqada 32 ta davlatdan 3000 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun tatamiga tushishdi.
E'tiborlisi, ushbu nufuzli xalqaro musobaqada OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi qoshidagi karate klubi a'zolari ham ishtirok etishib, samarali natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, murabbiy Maftuna Tojimurodova shogirdlaridan Asilabonu Kamoliddinova, Farzonabonu Abdunazarova, Zulayho Boboyevalar jahon chempioni bo‘lishdi.
Shuningdek, Zarina Axilboyeva, Sardorbek Rahmonqulov, Nozanin To‘ychiboyeva, Shavkat Turdaliyev, Javlonbek Tursunov, Xurshid Abduqulovlar 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari, OKMK Kapital qurilish boshqarmasi muhandis texnologi Ahrorbek Akmalov 2-o‘ringa loyiq ko‘rilib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Faxriy sportchilar o‘rtasidagi bahslarda esa shotokan karate-do bo‘yicha viloyatimizning taniqli murabbiysi Bahodir Boboyev barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallaganini alohida ta'kidlash joiz.
Hozirda karatechilarimiz noyabr oyida Yaponiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Hokim Bohirov
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
jismoniy tarbiya va sport bo‘limi mudiri