Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Manfaatlar to‘qnashuvi bu shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyat hamdir. O‘z vaqtida bunga qarshi keskin kurashilsa, ya’ni manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yilsa, korrupsiya barham topadi, ish faoliyatida o‘zgarish, rivojlanish bo‘ladi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning huquqiy oqibatlarini aniq belgilash hamda mamlakatimizning korrupsiyaga oid xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bois, manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganda bevosita rahbarga xabar berilishi, u esa tartibga solish chorasini ko‘rishi kerak.
Joriy yilning 25-26-mart kunlari Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida “Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to’qnashuvini boshqarish” mavzusida OKMK mutaxassislari uchun tashkil etilgan oʻquv kursida yuqoridagi maʻlumotlar berildi.
Mashgʻulotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish instituti oʻqituvchilari tomonidan olib borildi.
- Soddaroq aytganda manfaatlar to‘qnashuvi deganda, o‘z vakolatini suiiste’mol qilib moddiy yohud nomoddiy manfaatlarga erishishi natijasida davlat xizmatchining shaxsiy manfaatdorligi bilan fuqarolar, tashkilot yoki tashkilot xodimlarining qonuniy manfaatlari o‘rtasida kelib chiqadigan qarama-qarshilik vaziyati tushuniladi, deydi - institut dotsenti, yuridik fanlari nomzodi Rafik Shakurov. - Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni aniqlash uchun xodim qaror qabul qilish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan avval o‘ziga men qarorni vijdonan va xolis qabul qilishim, harakatni amalga oshirishim mumkinmi, agar bu qarorni boshqa xodim qabul qilganda, xuddi men qabul qilgan qarorni qabul qilgan bo‘larmidi degan savollarni berishi kerak. Agar xodim bu savollardan bittasiga bo‘lsa ham “Yo‘q” deb javob bersa, manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi xatari yuzaga keladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish instituti oʻqituvchilari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimining kelib chiqishi, uning elementlari va asosiy yo‘nalishlari”, “Xodimlarning odob-axloq qoidalari va ularga rioya qolmaslik oqibatlari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”, “Manfaatlar to’qnashuvini boshqarish”, “Davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzularida ham taqdimotlar oʻtkazildi.
Oʻquv kursi soʻngida tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: