"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi hamda 3-Mis boyitish fabrikasi muhandis-texnik xodimlari va ishchilari o‘rtasida navbatdagi profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda OKMKda kirish-chiqish va ichki obyekt tartiboti mavzulari muhokama qilindi.
Tadbirda ITIB boshlig‘i Xusniddin Sulaymonov, 2-MBF boshlig‘ining tartibot va tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari Iskandar Shamsiyev, 3-MBF direktorining tartibot va tovar moddiy boyliklari butligi boyicha o’rinbosari Farhod Nazarov, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB Tergov bo‘limi katta tergovchisi Aziz Rasuliylar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi. Xodimlarga kundalik faoliyatda huquqiy ongni oshirish va korxona ichki tartibiga qat’iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
- So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning jami - 17ta soha, tarmoq va yo‘nalishlarda Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining Ro‘yxati tasdiqlangan – deydi X.Sulaymonov. - Ushbu Ro‘yxatga sanoat va ishlab chiqarish, shuningdek infratuzilma korxonalari, jumladan, temir yo‘llar, neft va gaz sohasi hamda infratuzilmasi sohasidagi korxonalarning xodimlari va yana ko‘plab boshqa soha va yo‘nalishlarning muayyan toifaga mansub xodimlari kiritilgan. Shunigdek, Mehnat Kodeksiga muvofiq, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi tasdiqlangan.
Mazkur qonun Davlat hamda Hukumat Rahbarining bevosita ko’magi va nazorati ostida amalga oshirilayotgan strategik ahamiyatga ega boʻlgan, yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy zamin boʻlib xizmat qiladi.
- Manfaatlar to‘qnashuvi deganda shaxsning lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyat tushuniladi.
Mazkur qonun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, unga oid munosabatlarni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvi haqida axborotni oshkor qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi. Shuningdek, qonun davlat tashkilotlaridagi xodimlarning huquq va majburiyatlarini aniq tartibga soladi.
Bu avvalo har qanday sohadagi rivojlanish illati bo‘lmish korrupsiya holatlarining oldini oladi, ya’ni shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyini shaxsiy manfaatlari maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi yo‘lidagi xatti-harakatlarining bir qismini bartaraf etadi, davlat budjetining (xalq mablag‘i) noqonuniy o‘zlashtirilishining oldini oladi, davlat tashkilotlarida mehnat munosabatlari va davlat xaridlarining ochiqligini va shaffofligini ta’minlaydi, - deydi I.Shamsidinov.
Y.Turdi-Axunov,
ITIB boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari