Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMKda nafaqat ishchilar balki ularning farzandlari uchun ham turli tashabbuslar amalga oshiriladi. Bu borada kombinat tarkibidagi bolalarni yozgi dam olish va soglomlashtirish maskanlari faoliyati e’tiborga loyiq. Ular esa Toshkent viloyatining eng yaxshi oromgohlari sanaladi.
2023-yilgi yoz mavsumi arafasida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, kombinat tarkibiy bo linmalari, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 5 ta bolalar dam olish maskanlarida tayyorgarlik jarayonlari olib borilgan edi.
Kuni kecha Toshkent viloyati bolalarining dam olishlarini tizimli tashkil etish va soglomlashtirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning seminari boʻlib oʻtdi.
“Gulzor” oromgohida bo'lib oʻtgan seminarda Bolalarning dam olishini va soglomlashtirilishini tashkil etish departamentining hamda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qomitasining Toshkent viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Seminarda oromgohlardagi xavfsizlik masalalari, sanitariya qoidalari, madaniy ma’rifiy hamda sport tadbirlari kabi mavzular muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mavsumda Oromgohlarda oʻz faoliyatini olib boradigan rahbarlar, hisobchilar, bosh tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, sport yo‘riqchilari, ichki ishlar, milliy gvardiya, yongʻin xavfsizligi xodimlari, sanitar ishchilar faoliyatiga ham toʻxtalib otildi.
Shu o’rinda takidlash kerakki, joriy yilda OKMK tarkibida “Metallurg”, “Gulzor”, “Istiqlol”, “Tong”, “Xondiza-Parvoz” oromgohlari o'z faoliyatini olib boradi. Ushbu yoz mavsumida ularda 8 yoshdan 14 yoshgacha bolgan 5200 nafar bolajonlarni sogʻlomlashtirish rejalashtirilgan. 5 ta tashrifda ogil-qizlarning dam olishi rejalashtirilayotgan oromgohlardan dastlab “Istiqlol” BSO 10 iyun sanasidan bolajonlarni qabul qiladi. Respublika boʻylab barcha oromgohlarda har bir tashrif 12 kundan boʻlishi belgilandi.
Seminarda takidlanganidek, Toshkent viloyati xususan, OKMK tarkibidagi barcha oromgohlar yozgi mavsumda bolajonlarni dam olishi va sogʻlomlashtirish tadbirlari uchun shay holatda.
Axborot xizmati