Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Milliy malaka tizimida institutsional rivojlanish va zamonaviy boshqaruv modellari

20 Aprel 2026, 15:59 108

Kuni kecha “Milliy malaka tizimida institutsional rivojlanish va zamonaviy boshqaruv modellari” mavzusida tashkil etilgan seminar doirasida tarmoq kengashlari, "Olmaliq KMK" AJ malakani baholash markazi va xalqaro ekspertlar ishtirokida panel muhokamalari o‘tkazildi.

Ushbu muhokamalar davomida O‘zbekiston malakalar tizimining joriy holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan mutaxassislar o'z fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, tarmoq kengashlarining malakalar tizimidagi institutsinal roli, tarmoq kengashiga ish beruvchilarni keng jalb qilish va tarmoq faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Seminar doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan Latviya, Italiya hamda Irlandiya davlatlarining ilg‘or tajribalari taqdim etilib, ushbu mamlakatlarda milliy malaka tizimini shakllantirish va rivojlantirishning institutsional yondashuvlari, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda amaliy muhokamalarda qatnashib, mavjud muammolarga nisbatan innovatsion va samarali yechimlar ishlab chiqdilar.

Seminarning ikkinchi kunidagi tadbirlar malaka tizimida innovatsion yondashuvlar hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.

Kun tartibida mehnat bozori ehtiyojlariga mos ko‘nikmalarni prognozlash modellari, “yashil” iqtisodiyot, raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt natijasida vujudga kelayotgan yangi kasbiy kompetensiyalar, mikromalakalar tizimining global rivojlanish tendensiyalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi hamda ETF tavsiyalari asosida milliy malaka tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mexanizmlarni O‘zbekiston sharoitida joriy etish istiqbollari yuzasidan mutaxassislar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Seminar yakunida milliy malaka tizimini rivojlantirish bo'yicha xulosalar ishlab chiqildi, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech